1-mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Asosiy tushunchalar. Reja: Kimyo fanining qisqa tarixi. Fanning mаqsаd va vazifalari


Download 458.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana17.12.2022
Hajmi458.15 Kb.
#1026589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Tarkibning doimiylik qonuni. Har qanday quyi molekulyar birikma, 
o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan 
ifodalanadi. 
A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi 
va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini 
aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil 
etuvchi elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosani 
chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning 
to‘g‘riligini barcha olimlar e‘tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole 
qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil 
bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga 
bog‘liq bo‘ladi, degan xulosani chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha 
analizlarning natijalarini keltirdi. 
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqib, kimyoviy toza 
moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil 
bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning 
asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta‘riflandi: 
Har qanday kimyoviy toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar, 
o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. 
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo‘lib, suv O

C da 
muzlaydi, 100

C da qaynaydi. Uning 4

C dagi zichligi 1000 kg

m
3
yoki 1 g

sm

ga 
teng. 
Bertolening o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta‘limotini 
XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va 
eritmalarda haqiqattan ham o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‘lishini isbot qildi 
va ularni bertolidlar deb atadi, o‘zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb 
atadi. 
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va 
oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‘ysunadi. Atom tuzilishga ega bo‘lgan 
kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo‘ysunmasligi mumkin. 
Bu qonun modda tarkibidagi elementlar massa nisbatlarining va massa 
ulushlarining o`zgarmasligini ifodalaydi. Elementlarning massa nisbatlari 
deyilganda modda tarkibidagi har bir element massalarining eng kichik bo`linmas 
butun sonlardagi nisbati tushuniladi. Al
2
(SO
4
)
3
uchun: 


m(Al): m(S): m(O)=2Ar(Al):3Ar(S):12(O)=2∙27:3∙32:12∙16=54:96:192= 
=9:16:32 
Demak, m(Al): m(S): m(O)=9:16:32 nisbatlarda bo`ladi.


Download 458.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling