Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton
tomonidan yaratilgan. Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar
hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir
xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun
sonlar nisbati kabi bo’ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo‘li bilan isbotlandi. Dalton o‘sha
zamonda ma‘lum bo‘lgan ikkita uglevodorod; metan bilan etilen tarkibini tekshirib
(1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og‘irlik qism vodorodga to‘g‘ri
keladigan og‘irlik miqdorlari o‘zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo‘lishini topdi.
1-jadval
Birikma nomi
Tarkibi, % hisobida
Tarkibi, og‘irlik qism hisobida
uglerod
vodorod
uglerod
vodorod
Metan CH
4
75
25
3
1
Etilen C
2
H
4
85,71
14,29
6
2
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1) Bir xil elementlardan hosil bo‘lgan birikmalar o‘z og‘irlik tarkiblari jihatidan
odatda, bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, azot oksidlarida bir og‘irlik
qism azotga 0,57 og‘irlik qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar ortiq
kislorod to‘g‘ri keladi. Demak, ma‘lum elementlardan hosil bo‘lgan birikma
xuddu shu elementlardan tuzilgan boshqa birikmaga aylantirilganda, tarkib
to‘satdan (sakrash bilan) o‘zgaradi.
2) Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o‘zgarishi hamma
vaqt yangi sifat paydo bo‘lishiga olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N
2
O,
NO, N
2
O
3
, NO
2
, N
2
O
5
va b.) garchi bir xil elementlardan tuzilgan bo‘lsa
ham sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning umumiy
qonuniga — miqdorning sifatga o‘tish qonuniga yaqqol misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |