1-mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Asosiy tushunchalar. Reja: Kimyo fanining qisqa tarixi. Fanning mаqsаd va vazifalari
Download 458.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1.4. Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va
Vollastonlarning tajribalari natijasida ekvivalentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta‘riflandi: Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta’sirlashadi. Elementlar (moddalar) bir-birlari bilan o`zlarining ekvivalentlariga proportsional og`irlik miqdorlarda birikadilar. Ekvivalent (lotincha) – biror narsaning o`rnini bosa oladigan yoki uning ifodasi bo`lib xizmat qiladigan teng baholi, teng qiymatli narsa yoki miqdor deganidir. Kimyoviy o`zaro tasirlashayotgan moddalar massasining nisbati ularning kimyoviy ekvivalentiga teng yoki karraliyligini bildiradi. Ekvivalentlik tenglik tipidagi munosabat. Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan: 1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o‘rin almashina oladigan modda miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi. Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak. Moddalarda kimyoviy elementlarni ekvivalentini topish uchun nisbiy atom (molekula) massalarni uning valentligiga yoki negizliligiga bo`linadi. n M n А Э bu yerda: E - ekvivalent; A yoki M - atom yoki molekulyar massa; n - valentligi yoki asosligi (negizliligi). Valentlik o`zgaruvchan bo`lganligi uchun elementlarning ekvivalentlari ham o`zgaruvchan boladi. Agar elementning valentligi o`zgarmas bo`lsa, uning ekvivalenti ham o`zgarmas bo`ladi. Masalan, oltingugurt 4 va 6 valentli bo`lganida ekvivalentlarini topaylik: E (S) =32/4=8 E (S) =32/6=5,3 Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori gramm-ekvivalent deyiladi. Masalan: H 2 SO 4 ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz: 49 2 98 Э g/ekv. Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo‘l keladi (normal eritmalar, elektrokimyoviy jarayonlar va h.k.). Download 458.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling