1-mаvzu: Kirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modellari
Iste'molchilik xulq-atvori
Download 29.4 Kb.
|
1-mavzu Sirtqi
Iste'molchilik xulq-atvori bu tovar ayirboshlashning iqtisodiy nafaqasini olish va ko'plab ehtiyojlarni qondirish uchun foydali xususiyatlarini berishga qaratilgan.
Inson hayoti sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga mehnat, umr davomiyligi va sog‘liq, oilaning mustahkamligi, zararli odatlar, jinoyat, xo‘jalikning holati, iste'mol strukturasi, hayot tartibi, dam olish va boshqalar kiradi. Ularga, albatta, har bir insonning individualligi, ma'lumot darajasi, mehnati turi va tartibi, yoshi ta'sir ko‘rsatadi, lekin ertami, kechmi hal qiluvchi omil bo‘lib, moddiy ta'minlanganlik darajasi va insonlarning daromadlari bo‘yicha ma'lum tabaqaga tegishliligi xizmat qiladi. Inson ma'naviyati o‘zgarishiga, uning dunyoqarashi va xatti-harakatiga hyech narsa moddiy-mulkiy holatdek ta'sir etolmaydi. Boylik va kambag‘allik turlicha psixologiya va xarakterga ega, pulning borligi yoki yo‘qligi esa, o‘z navbatida, insonning shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir etadi. Farovonlik va foydaga intilishda turli sub'ektlar ishlab chiqarish xulq-atvori turli psixologiyasininig quyidagi global tiplarini ajratish mumkin: resurslarni sotish, jamg‘armalarni, kapitalni iste'mol qilish (noishlab chiqarish psixologiyasi); insonlarni, ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish, shaxsiy kuchli mehnat (assotsial va ekstensiv ishlab chiqarish psixologiyasi); tashkilot va boshqarishni takomillashtirish (intellektual ishlab chiqarish psixologiyasi). Bir so‘z bilan aytganda, daromadlar omili insonning ishlab chiqarishga munosabatini belgilab beradi. Boylik va qashshoqlikka doir ijtimoiy qarashlar. Daromadlardagi farqlarning ijtimoiy nisbiyligi Download 29.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling