23 rasm.
Bu yerda m kotarilgan ustunchadagi suyuqlik massasi. Bundan quyidagi formulani hosil qilish mumkin.
(4)
Bu yerda ρ – suyuqlik zichligi, R – suyuqlik sirtining egrilik radiusi. Ko’rsatish mumkinki
(5)
Bu yerda r – kapillyar radiusi, θ- chekka burchak (4) va (5) dan:
(6)
Demak, kapillyarda ho’llovchi suyuqlikning kotarilish balandligi kapillayarning radiusiga, suyuqlik zichligiga teskari, suyuqlikning sirt taranglik koeffisientiga esa togri proporsional. Bu qonunni ingliz olimi Jyuren chiqargani uchun uning nomi bilan yuritiladi.
Agar suyuqlik kapillyar devorini tola hollasa (θ=00) bu formula quyidagi ko’rinishga keladi.
(7)
Bug’lanish va qaynash
Ma’lumki, suyuqlik molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi temperaturaga bog’liq. Ya’ni temperatura ortishi bilan kinetik energiya oshadi. Lekin, molekulalar xaotik harakat qilgani uchun uncha yuqori bolmagan temperaturalarda ham boshqa molekulalarning tortish kuchini yengib, ayrim molekulalar suyuqlik sirtidan uchib chiqadi. Bu jarayonga buglanish deyiladi. Kinetik energiyasi kattaroq bolgan molekulalarning uchib chiqib ketishi natijasida suyuqlikning ichki energiyasi kamayadi. Shuning uchun buglanish paytida suyuqlik soviydi.
Suyuqlikning birlik massasini butunlay bugga aylantirib yuborish uchun kerak bolgan issiqlik miqdoriga uning solishtirma buglanish issiqligi deyiladi.
Bugning ayrim molekulalari tartibsiz harakat tufayli suyuqlik molekulalarining tasir doirasiga tushib, yana suyuqlikka aylanadi. Bu jarayonga kondensatsiya deyiladi. Kondensatsiyalanish paytida suyuqlik isiydi. Agar suyuqlikdan buglanib, uchib chiqayotgan molekulalar soni bilan qaytib tushib kondensatsiyalanayotgan molekulalar soni tenglashsa, bu holatga dinamik muvozanat deyiladi.
Oz suyuqligi bilan dinamik muvozanatda turgan bugga toyingan bug deyiladi. Temperatura ortishi bilan toyingan bugning bosimi ham ortadi. Temperaturaning biror tq qiymatida toyingan bugning bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi. Bu holda buglanish faqat suyuqlik sirtida emas, balki butun hajmi boylab sodir boladi. Suyuqlik ichida hosil bolgan gaz pufakchalari uning sirtiga qalqib chiqib, yoriladi. Bu hodisaga qaynash deyiladi.
Har bir suyuqlik uchun aniq tq qaynash temperaturasi mavjud. Qaynash temperaturasi tashqi bosimga togri proporsional.
Quyidagi jadvalda ayrim suyuqliklarning qaynash temperaturasi normal bosim uchun keltirilgan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |