1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1
Download 178.61 Kb.
|
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-Mavzu : Qurish – yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni
Faoliyatni olib borilishi:
1. Landshaft tasvirlari bilan rasmlarni tomosha qilish 2. Katta qog‘ozdan narsalarni kesib, applikasiya uchun tayyorlash. 3. Qog‘ozga kompozisiyani chizish. E’tiborga molik jihati: Kompozisiyani tuzishda simmetriyaga amal qilish. Bolalarni asarlar ko‘rgazmasini o‘tkazishga taklif qiling. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori 2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil 3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva; 4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet 5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006 29-Mavzu : Qurish – yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni Reja: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish maleriallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o'tkazishning ahamiyati 2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan 0‘rni 3. Qurish-yasash faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish maleriallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha la’lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o‘tkaziladigan o'yin va mashg‘ulotlar katta o‘rin egallaydi. Bolalarning qurilish o‘yinlari rollarga bo’linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o‘yinlarida ham bolalar tevarak- atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o‘yinlarining mazmunini bolalarning o‘zlari yaratadilar. Bolalar, ko‘pincha, kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o‘yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o‘z o‘yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg‘otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg‘ulot va o‘yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Ular rollarni o‘zsro boMishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va masla- hatlashadilar. QURISH-YASASH VA UNING BOLALAR TARBIYASIDA TUTGAN 0‘RNI «Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qo- g‘ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o‘ym- choqlar yasash o‘rgatiladi. 0‘z xarakteriga ko‘ra bolalar qurish- yasashi ko‘pincha tasviriy va o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o‘yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg‘a uchun. Qurish-yasash faoliyati — amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgi- langan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o‘rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak- atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko‘nikmasi, mustaqil flkrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat’iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlaydi. Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P. Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to‘plamlar: «Kosmodrom», «Temir yo‘l vokzali» va boshqalar. Mash- g‘ulot paytida materiallar ko‘p boMishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi aniq narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yo‘lovchilar uchun ko‘prik yasaydilar. 0‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o‘yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallari ma’lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi. Download 178.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling