1-mavzu. O„quv-ijodiy topshiriqlarni tayyorlash metodikasi reja: Darslarda


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1468853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-maruza




1-MAVZU. O„QUV-IJODIY TOPSHIRIQLARNI TAYYORLASH 
METODIKASI 
 
REJA: 
1. 
Darslarda 
o„quvchilarda 
ijodiy 
faoliyatni 
shakllantirishga 
mo„ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish
2. O„zbek tili fanini o„qitishda multimedia vositalaridan foydalanish 
Darslarda o‗quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo‗ljallangan turli 
ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o‗quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr 
yuritishga zamin hozirlash mumkin.
Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar 
keltiramiz: 
O„quvchilarni ijodiy faollikka chorlash 
O‗quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o‗qituvchi eng avvalambor 
o‗quvchilarda taqdim qilinayotgan o‗quv materialiga qiziqish uyg‘otish zarur. 
Buning uchun u: 
 Asosiy mavzuni bayon etishda o„quvchilarni qanday yo„l bilan 
qiziqtirishi mumkin? 
• Oddiy bo„lmagan ma‟lumotlarni so„zlab berish; 
• Barcha o„quvchilarga to„g‟ridan-to„g‟ri taaluqli bo„lganlarni gapirib 
berish; 
• So„zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma‟lumotlarni taqdim 
qilish; 
2. Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish. 
Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular 
me‟yoriga amal qilish 
Qay tarzda o„quv axborotini tugatish lozim? 
O‗qituvchi nutqining so‗ngida qo‗yidagilarga amal qiladi: 



– o‗quvchilarni obrazli fikrlashga undashi; 
– Aniq muammoni burro ifodalashi; 
– Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg‘u 
berib ajratgan holda ifoda etishi; 
– Xushmuomalali va ziyrak bo‗lishi; 
– Qo‗yidagi so‗z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling‖, ―tasavvur 
eting‖, ―ijodiy parvoz eting ...‖ va shu kabilar. 
– Ko‗rish kontakti (bog‘lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga 
qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan); 
– Har bir javob va taklifni doimo rag‘batlanirishi maqsadga muvofiq. 
O‗zbek tili ta‘limida o‗quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda 
evristik va muammoli ta‘limdan tashqari bilishga yo‗naltirilgan, ilmiy asoslangan 
ta‘lim metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. 
Boshlang‘ich ta‘limda ishbop, rolli, syujetli o‗yinlardan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, 
ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo‗llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish 
shakl va metodlaridan foydalanish o‗z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni 
rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, 
izlanish darslari, muammolar qo‗yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik 
darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar 
yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o‗yinlardan, innovatsion 
metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo‗ldi. ta‘lim jarayonida dars 
shakllarining o‗yin usullari sifatida o‗qitishning ma‘lum bir paytida o‗tkaziladi. 
Ma‘lumki, boshlang‘ich sinf o‗quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid 
qilishga qiziqadi. Bunda ta‘lim jarayonida qo‗llanilayotgan ishbop o‗yinlardan 
foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo‗ljallangan ishbop o‗yinlar 
takrorlash, mustahkamlash, o‗tilganlarning qay darajada o‗rganilganligini 



(diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o‗yinlar, dramatik 
sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o‗tkaziladi. 
Ishbop o‗yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida 
tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday o‗yinlar faqat bilishga oid 
bo‗lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta‘sir etishi bilan ham 
xarakterlidir. 
Masalan, boshlang‘ich ta‘limda ―Nima uchun?‖, «T-chizma», «FSMU», 
«Tarmoq (Klaster)», ―Ikki qismlik kundalik‖ kabi innovatsion metodlardan 
foydalanganda o‗quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga bevosita yordam 
beradi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling