1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yilning oxirlarida respublika ziyolilarini birinchi qurultoyi bo’lib o’tdi.
Partiyaviy g’oyaviy tizginga qaramasdan adabiyot va san’at sohasida ko’zga
ko’rinarli asarlar yaratildi. G’afur G’ulom, Uyg’un, Zulfiya, Mirtemir, Turob To’la,
M. Roboyev, Mirmuxsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag’ishlangan she’rlari
yuzaga keldi. Oybekning «Oltin vodiydan shabadalar», Parda Tursunning
«O’qituvchi», Asqad Muxtorning «Opa-singillar» romanlari, Abdulla Qahhorning
«Shohi so’zana», «Og’riq tishlar» B.Rahmonovning «Yurak sirlari» dramalari katta
shuhrat qozondi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy qatag’onlikdan ozod
bo’lgan ijodkorlarning asarlari yuzaga chiqa boshladi. Abdulla Qodiriyning «O’tkan


kunlar» romani, Mirtemirning «Surat» dostoni, Shayxzodaning «Toshkentnoma»si
nashrdan chiqdi.
60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo bo’ldi. Odil Yoqubov, Pirimqul
Qodirov, O’lmas Umarbekov, Ilyosiddin Sharipov, Ozod Sharafutdinovlar bilan izma-
iz yangi ijodiy tafakkurga ega bo’lgan iste’dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
Shukur Xolmirzayev, O’tkir Hoshimov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Omon
Matjon, Rauf Parfi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi. 
80-yillarning o’rtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish
yo’lida yangicha qadamlar qo’ya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol
fojeasi, o’zbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga
oid muammolar shiddatliroq kirib keldi. Yangi mazmun ijodda yangicha zamonaviy
shakl, xalqona ohanglarda keng yo’l ocha boshladi.
50-60 yillarda Respublika san’atida, xususan teatr va raqs san’atida ilgari
siljishlar yuz berdi: 1947 yili Toshkentda xoreografiya bilim yurti ochildi. 1957 yili
mashhur raqqosa M.Turg’unboyeva tomonidan "Bahor" o’zbek xalq raqs ansambli,

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling