1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Download 0.89 Mb.
bet25/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

5. Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi “sirli”, “yashirin” ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.


MAVZUGA OID NAZORAT SAVOLLARI

  1. Induksiya va deduksiya bilish metodlari sifatida izohlang.

  2. Nazariya va amaliyot o’rtasidagi bog’liqlikning turlarini sanang.

  3. Nazariyaning vujudga kelishi shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini sanang.

  4. Nazariya va paradigma tushunchalarini izohlang.



7-MAVZU. DUNYONING ILMIY MANZARASI. FAN VA SAN’AT. FAN VA DIN. FAN VA ILMIY DUNYOQARASH. XXI ASR BOSHLARIDAGI FANNING AXLOQIY MUAMMOLARI.
Reja :

  1. Pedagogik boshlang’ich ta’lim metodologiyasi – nazariy tadqiqot metodi.

  2. Pedagogik jarayon modeli – statik tizim sifatida.

3. Fan va din.
1.Pedagogik boshlang’ich ta’lim metodologiyasi – nazariy tadqiqot manbai.
Fuqarolik jamiyati- demokratiya, erkinlik, adolat va barcha fuqarolarning tengligi prinsplarida o‘zini-o‘zi tashkil etuvchi va rivojlantiruvchi, ixtiyoriylik asosida tashkil topgan nodavlat birlashmalar, tashkilotlar va uyushmalar bilan qamrab olingan odamlar birligi, jamiyatdir.
Intellekt – shaxsning yangi bilim va ko‘nikmalarini tez va oson o‘zlashtirish,nostandart vaziyatdan chiqish yo‘lini topish va boshqa shunga o‘xshash qobiliyatlarda o‘z aksini topadigan bilish qobiliyatlari tizimidir.
Hozirgi zamon postindustrial jamiyati – demokratik prinsplarga asoslangan bo‘lib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Uchinchi to‘lqin sivilizatsiyasi postindustrial jamiyati – fan-texnika taraqqiyotining barcha yutuqlari, jamiyat hayotining barcha sohalariga global miqyosda kirib kelish natijasijda vujudga keladi.
Amerikalik sotsiolog Elvin Toffler o‘zining “Uchinchi to‘lqin” deb nomlangan fundamental asarida – axborot jamiyatida yashovchi odamlarning sifat jihatdan yangi yashash joyining teran modelini ko‘rib chiqdi. Bu model “ Elektron kottej” nomini oldi.
Elektron kottej – hozirgi zamon kompyuter va kommunikatsiya texnikasi bilan to‘liq jihozlangan holat. Unda fuqarolarning ham yashash va ham ish joyi sifatida foydalanadi.
Ish joylarini elektron kottejga ko‘chirishning foydasi quyidagicha:

  1. Transport yo‘llarining ishini еngillashtiradi.

  2. Tabiatga jamiyatning solbiy ta’sirini kamaytiradi.

  3. Tabiatni nazorat qilish va tiklash harajatlarini qisqartiradi.

  4. Uy ishi yo‘nalishida qatnash vaqtni qisqartirish va ma’naviy-jismoniy dam olish uchun vaqtni ko‘paytirish, odamlarning uy-ro‘zg‘or sohasini takomillashtiradi.

  5. Oilaviy aloqalar mustahkamlanadi, mahalla hamkorligi oshadi.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling