1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja
Pedagogik jarayon modeli – statik tizim sifatida
Download 0.89 Mb.
|
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi
2.Pedagogik jarayon modeli – statik tizim sifatida.
Amerikalik olim Tomas Jefferson- demokratiyaning maqsadi “ Hayot, erkinlik va baxtga intilishdir. Jamiyatning demokratik tuzilishi- bu xalqni xalq yordamida boshqarish demakdir. Bunda xalq o‘z hayoti va taqdiri uchun mas’uliyatni “erkin va mas’ul o‘z qo‘liga oladi” deb qayd etgan edi. Fuqarolik jamiyati – bu demokratiya, barcha fuqarolarning erkinligi,tengligi va adolat prinsplarida o‘zini o‘zi tashkil etuvchi va rivojlantiruvchi, ixtiyoriylik asosida tashkil topgan nodavlat birlashmalar, tashkilotlar va uyushmalar bilan qamrab olingan odamlar jamiyatidir. “Fozil odamlar shahri” asarida Forobiy adolatli, baxtli jamiyat qurilish haqida fikr bildirgan. Forobiyning fikricha: Barkamollikka erishgan jamiyatlarda erkinlik va teng xuquqlik hukum surishi kerak. Fazilatli shahar aholisi o‘z hokimini saylash va istagan paytda uni vakolatlaridan mahrum qilishga haqlidir. Fazilatli shahar hokimi o‘z faoliyatida adolat, teng xuquqlilik va unumning ravnaqi prinsplariga tayanadi. “Fozil odamlar shahri” asarida shunday doqiyona so‘zlar bor: Odamlarning uyushishidan o‘zaro yordam orqali baxtga erishishi maqsadi ko‘zlagan shahar fazilatli shahardir. Baxtga erishish yo‘lida odamlar bir-biriga yordam ko‘rsatadigan jamiyat fazilatli jamiyatdir. Saodatga erishish yo‘lida barcha shaharlari bir-biriga ko‘maklashadigan xalq fazilatli xalqdir. “Basharti, xalqlar saodatga erishish yo‘lida bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zsa, kurrai zamin fazilat kasb etajak deydi”. Fan va din Fan va din o`zaro bog`lana olmaydi. Dindorlar nima desa desin, xoh payg`ambarning “Ilm Chinda bo`lsa ham o`rganing” so`zini o`rnak qilib keltirsinlar, xoh Islom (yoki boshqa biror) dinining fan bilan chalkash emasligini ta`kidlasinlar, baribir o`zaro bog`lana olmaydigan ikki tushuncha bo`lmish fan va dinni uzviylashtirmoq mumkin emasdir. Buning sababini anglamoq dindorlarning ko`piga qiyin keladi. Bizlarni “dinga va xudoga qarshi ichida dushmanlik saqlaydi, shuning uchun bunday gaplar bilan dinimizga rahna solmoqchi”, deb o`ylashadi. Shuning uchun, bu tushunchamizning sababini bu yerda misollar bilan ayon qilmoqchimiz. Din va fanning birinchi e`tiborga loyiq farqi "yanglishlana olish" (ruschada фальсифицируемость) xususiyatidir. Fanda yanglishlana olmaydigan tushunchaning ilmiy qiymati yo`q. Yanglishlana olish nima ekanligini qisqacha ochiqlab beraylik: bir da`voning yanglishlana olishi, agar u yanglish bo`lsa, yanglish ekanliligini aniqlash iloji mavjud ekanligini anglatadi. Masalan, “Qo`limda qizil koptok bor” da`vosi yanglishlana oladi. Agar bu da`vo yanglish bo`lsa, ya`ni qo`limda koptok bo`lmasa, yoki bo`lsa-yu, rangi qizil bo`lmasa, bunu aniqlash juda oson. Lekin “O`limdan keyin hayot bor” iddaosi yanglishlana olmaydi. Yoki “Qo`shnimning boshiga kelgan yomon voqea, mening qarg`ishim tufaylidir" kabi da`vo ham yanglishlana olmaydi. Fanda yanglish bo`lgani bilan, uni aniqlashga imkon bo`lmagan bunday ifodalarning ilmiy qiymati yo`q. Biroq dinda bunday yanglishlana olmaydigan juda ko`p ifodalar bor. Shuning uchun diniy ma`lumotlardan aksariyatini tajriba o`tkazib, yanglish bo`lib-bo`lmaganligini aniqlash mumkin emas. Aslida dinda yanglishlana oladigan ifodalar ham bor, va ularning bir qismi to`g`ri, yana bir qismi esa yanglish ekanligi aniqlangan ham. Ammo bu boshqa mavzuga tegishlidir, ushbu maqolada esa diniy ma`lumotlarning bi butun o`laroq yanglishlana olmasligi yoritilmoqda. Olamning xudoning “bo`l” deyishi bilan paydo bo`lganiga, narigi dunyoda bizni mukofot yoki jazo kutayotganiga, va hokazolarga ishonib shakllangan mentalitetni ilmiy sohalarda tatbiq etishni boshlasak, har qanday ilmiy muammoda qarshimizga chiqqan va tabiiy hodisalarni izohlaydigandek ko`ringan ilk ochiqlamani qo`lga olib, ko`p xato qilgan bo`lur edik. Masalan, “Yer tekisdir” degan da`vo, kundalik turmushimizda kuzatuvlarimizga qarshi kelmaganligi uchun (albatta, agar biz fazogir bo`lmasak), bundan shubha qilmas va Yerning sharsimon ekanligini hatto bu asrda ham haligacha bilmay yurgan bo`lar edik. Bir da`voning atrofga qarab isbotlanishi osondir. Yagona dardimiz tabiatdagi voqea-hodisalarni izohlaydigandek ko`ringan ifoda topish bo`lsa, bu ko`p ollarda ilojlidir. Hattoki kuzatuvlar bir emas, balki bir necha izohni kelishtira oladi ba`zan. Agar bularni yanglishlana olishga tekshirmasak, “balki noto`g`ridir” deb shubha qilib tajribalarga solmasak, osongina aldanib ketaveramiz. “Yer tekisdir” ifodasi yanglislana oladi. Yanglish ekanligini o`rtaga chiqarish mumkin. Masalan, “Yer tekis bo`lsa edi, ochiq dengizga suzib ketayotgan kema qirg`oqdan kuzatilganda, ufqda yo`qolmasdi” degan sodda fikr bilan “Yer tekisdir” da`vosi yanglish ekanligi ayon bo`lishi mumkin. Lekın shunga qaramay, oddiy insonlar bundayin shubhalarga bormaganligi uchun, asrlar davomida “Yer tekisdir” tezisiga ishonib kelishganini eslasak, nazariy jihatdan ham yanglishlana olmaydigan tezislarning jamiyatda keng tarqalishi oqibatida olamni tadqiq etishimiz qanchalik qiyinlashishi va taraqqiyotdan ortda qolishimizni o`ylab ko`ring. Afsuski, bugun ahvol shunday. Dunyoda yuz millionlarcha, balki milliardlarcha odam o`limdan so`ng yana yashayajaklarini va jazo yoki mukofot olajaklarini o`ylashadi. Ko`rinmas, hamma narsaga qodir, va hamma narsani biladigna bir mavjudotning olamni va bizni yaratganiga ishonishadi. Buning “Yer tekisdir” kabi da`vodan farq qilmasligiga qaramay, odamlarning bu haqda o`ylab o`tirmay ishonishi erish tuyuladi. Yanglishlana olmaydigan bir narsaga ishonishning ketidan kelib chiquvci muammolarni ko`rmaslik, zehnini bunday qolipga solmoq faqat oson aldanishgagina emas, balki dunyoni yanglish tadqiq etishga va dunyo va olam bilan bog`liq tasavvurlarmizning xato bo`lib qolishiga ham sabab bo`ladi. Diniy ma`lumotlar va diniy tushuncha tarzi esa bizga shundayin yolg`on tasavvurlarga ishonishimizga omil bo`ladi. Fan va din orasidagi boshqa bir farq, fanda xulosalarning sinovdan (tajribadan) so`ng, dinda esa avval chiqarilishidir. Fanda xulosalar sinovdan so`ng chiqariladi. Sinovlar natijalariga ko`ra, kerak bo`lsa avvalgi ilmiy tasavvurlar o`zgartirilishi mumkin. Dinda esa xulosa, qarorlar avvalboshdan beriladi, boshdan tayin etiladi, va sinov natijasi ushbu ma`lumotlarga ko`ra belgilanadi. Shuning uchun, masalan, musulmonni Qur`onda kechgan bir ifodaning yanglish ekanligini ko`rsatib, ko`ndira olmaysiz. Chunki u Qur`onda kechgan barcha ifodalarning to`g`ri ekanligini boshidan qabul qilgan. Agar biror bir ifoda kundalik hayotimizdagi haqiqatlarga mos kelmasa, osonlikcha o`sha ifodani “boshqacha tushunish kerak” deb qo`ya qoladi. “Diniy ifoda to`g`ridir, doim to`g`ridir, faqatgina o`sha musulmon bu ifodani noto`g`ri anglapti.” Shunday deb qutuladi. Buni ham Qur`ondagi tegishli ma`lumotning izohlanishiga yordam beruvchi yangi bir ma`lumotni boshqasi topib, o`rtaga qo`yganidan so`ng qiladi. Musulmonning o`zining Qur`ondagi ma`lumotlarga mos kelmaydigan, o`sha ma`lumotni izohlash tarzini o`zgartirishga sabab bo`luvchi fikrini chiqarish ham mumkin emas. Chunki musulmonga o`sha diniy ma`lumotlarning chippa-chinligi quyib kelingan. Bundan tashqari, diniy tushuncha shakli tadqiqotlarga ham to`siqdir. Odamlarning Odam Ato va Momo Havodan tarqalganiga ishonuvchi kishi, toqqa, qirga chiqib, ilk, ibtidoiy odamlar qoldig`ini qidirib o`tirmaydi. Muqaddas kitoblarga ko`ra olam 6000 yil avval, 6 kun ichida yaratilganiga ishongani uchun, Yer yoshini va qanday qilib paydo bo`lganligini bilishga qiziqmaydi, tadqiqot o`tkazib ham o`tirmaydi. Bunday tadqiqotlarni aql-zakovati dindan mustaqil, hamma savollarda din bilan hisoblashib o`tirmaydigan olimlar o`tkazishadi, va dindorlar o`sha tadqiqotlar natijalari yorug`ida o`z imon-e`tiqodlarini va muqaddas kitoblarini “izohlash” tarzlarini yangilab o`tirishadi (masalan, “6 kunni, 6 davr deb bilish kerak, buinga to`g`ridan-to`g`ri emas, balki majoziy qarash kerak”, deya). Butun energiyalarini o`zlari to`g`ri deb o`ylaydigan narsalarni yangi ma`lumotlar nurida ko`zdan kechirib, qaytadan izohlab, o`zlarini amin qilib o`tirishga sarfashadi. Ulardan yangilik chiqmaydi. Chunki eski ma`lumotlarini tekshirishmaydi. Eski ma`lumotlarni muqaddas va tekshirilmas, to`g`riligi mutlaqo aniq, deb o`ylaganliklari uchun, boshqalar ilmiy, asl ma`lumotlarni ularning ko`z o`ngiga keltirishgandagina o`sha “muqaddas” bilimlarini qaytadan izohlashga kirishishga majbur bo`lib qolishadi. Boshqa paytlari bunga hech urinishmaydi, motivaciya sezishmaydi. Ya`ni, diniy tushunchaning fan bilan bog`lashmagan va hatto fanga to`siq bo`lgan unsuri ilmiy tadqiqot mavzusida umuman motivaciyaga muhtoj bo`lmasligidir. Diniy bilim “xudodandir va to`g`ridir”. Tekshirilishining, so`roq qilinishining hech bir keragi yo`q. Hatto gunohdir ham. Bunday sharoitda dindorning olamning, jonlilikning, odamning paydo bo`lishi, Yerning yoshi va hk. kabilarni aniqlashga ehtiyoj sezishi qiyin masaladir. Jamoat rahnamolari va diniy avtoritetlari, ilmiy faoliyatning kundalik hayotga teguvchi foydalarini sezib, ilm-fan o`rganishga chaqirsalar ham ahvol shunday qolaveradi. Shu sababdan na islomiy jamiyatdan, na xristian va yahudiy fundamentalistlaridan durust ilmiy kashfiyot-ixtirolar chiqmaydi. Bundan tashqari, sanab o`tilgan uch katta dindagi narigi dunyo ishonchi ham ilmiy faoliyatga to`siq qo`yadi. To`g`ri-da, agar bu dunyo foniy bo`lsa va haqiqiy hayot cheksiz bo`lib narigi dunyoda bo`lsa, va bu dunyodagi hayot faqat narigi tarafga tayyorlanish uchun kechish lozim bo`lgan imtihon bo`lsa, siz gap-so`z bilan ilm-fanni qanchalik targ`ib qilmang, dindorlar bunga ko`pda qiziqmaydilar. Imtihon dunyosida qilinadigan narsa, har bir musulmonga ko`ra, ko`p ibodat qilib, narigi dunyoga hozirlanmoqdir. Butun umrini millionlarcha qo`ng`iz va kapalak turini sinflantirib yoki tog`-tosh aylanib, yer qatlamlarini o`rganib vaqt o`tkazmoq emas. Bunday faoliyat taqozo etuvchi hayot tarzining musulmonning hayot tarzi bilan (5 vaqt namoz, va boshqa diniy principlar) mos kelmasligi bir masala, musulmonning bundayin ilmiy faoliyatni monoton, tushunarsiz, deb hisoblashi boshqa masala. Chunki musulmon hayoti bundan muhimroq narsalar uchun mo`ljallangan. Uning hayoti imtihondir va u uni “bekorchi” narsalarga sarflamasligi kerak. Hayotidagi eng muhim narsa, hattoki yagona muhim narsa, yaxshi ibodat qilib, yaxshi mo`min bo`lib yashash va narigi dunyoga yaxshi tayyorlanishdir. Dindorlar nima desa deyishsin, fan va dinning bog`liq ekani va dinning fanga to`siq emasligini, va hk. iddaolarini isbotlay olmaydilar. Chunki o`rtada, yuqorida aytib o`tganimiz faktorlar bordir. Ham dindor bo`lib, ham ilm-fanda faol bol`gan kishilarni misol qilib keltirishgani ham bu haqiqatni o`zgartitmaydi, chunki gap bu yerda bir-ikki kishi haqida emas, balki butun boshli jamiyat bilan bog`liq ijtimoy mavzudadir. Qadim zamonlardagi diniy jamiyatlarda kashfiyotlar qilgan buyuk olimlar yashab o`tgani ham argument emas. Zero, butun masala o`sha olimlarning zehniyatidir, aslo din emas. Kashfiyotlarning qanday ro`y berishi tayindir. Yangi ma`lumotni o`rtaga chiqarish, eski ma`lumotlarni tekshirib ko`rish, ulardan farqli hipotezalar o`ylash va bu hipotezalarni sinab ko`rishni taqozo etadi. Ilmiy zehnli rohibning ham, yosh bolaning o`yin o`ynab qilayotgan ishi ham shu. Kichkina bolalarning bir jismni qo`liga olib, u yoq-bu yog`ini aylantirib, og`ziga solib ko`rishi, ichini titkilashga urinishi, aslida qandaydir sinovdir. Bola atrofidagi dunyoning qanday ishlashini, tuzilganini aniqlashga urinmoqda. Hatto yosh bolalar ham olimlarning qilayotgan ishlarini qilishadi (primitiv shaklda bo`lsa-da). Dinda qarshi chiqiladigan nuqta esa, imon-ishonchning bu dunyoviy bilimlar orttirish qoidalari bilan mos kelmasligidir. Din eski, qadimiy ma`lumotlarga shubha keltirishni qat`iyan ta`qiqlaydi. “Din kerakli ma`lumotlarni berdi, bo`ldi, endi shuni o`rgan, so`rab-surishtirma” qabilida. Lekin buni %100 bajara olmaydi, albatta. Chunki shubhalanish, tekshirib ko`rish inson tabiatiga xosdir. Din faqatgina buni qiyinlashtiradi. Tamoman yo`qota olmaydi. Agar yo`qota bilsa edi, odamzot zim-ziyo o`tmishdan chiqa olmasdi, fan-texnika bu qadar ilg`orlashmasdi. Xulosaning sinovdan so`ng emas, avval chiqarilishi kabi tushuncha shakliga ega odamning yaxshi olim bo`lishi mumkin emas. Shuning uchun, haqiqiy olimlar orasidagi dindorlar soni nihoyatda oz (1998 yilda “Nature” oynomasi tarafidan yuqori darajali ilmiy xodimlar orasida o`tkazgan so`rov natijalariga ko`ra, olimlar orasidagi dindorlar %7.9, dinsizlar %76.7 va agnostiklar %23.3’ni tashkil etadi). Fan dinga qaramay rivojlanadi. Chunki diniy tushuncha insoniyatni so`nggi zarrasiga qadar asirga ololmaydi. Fan insonning diniy tushunchalarga mos kelmaydigan xususiyatlari sababli rivojlanadi. Fan va din bog`liq bo`la olmaydi. Din fan va ilmiy rivojning yo`lidagi to`siqdir. Shuning uchun yoshlarga ilmiy, dunyoviy ta`lim berish kerak, bizga din bilan emas, ilm-fan bilan to`lgan odamlar kerak. Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir. D. dunyo, celoveq, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan D. kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy D.ga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. D.ga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining D.ga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda D.ni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi. D.ning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda D. — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq D.siz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. D. insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida D. turli shakllarda namoyon boʻlgan. D.ning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila D.lari, milliy D.lar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon D.lari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. D. avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir D. diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda D. maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir D. dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. D.lar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. D. insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi. D. insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. D.ni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki D. hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida D.ni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, D. madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va D.ga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslaviye mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar. Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, D. davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda D. va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling