1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


suv, havo, tuproq, va olov yotadi


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

suv, havo, tuproq, va olov yotadi deb ta’lim bergan. Empedoklning ta’limotiga 
ko‘ra, dunyodagi narsa va hodisalarning turli-tumanligi shu to‘rtala elementning 
birikishi bilan izohlanadi. Shu to‘rt element haqidagi ta’limot inson haqidagi 
ta’limotda ham o‘z ifodasini topgan. Gippokratning (460–356 y.) temperamentlar 
haqidagi ta’limoti bunga misoldir. 
Demokrit (b.e.a. 460–370 y.) o‘z ustozi Levkippning (b.e.a. 500–440 y.) 
qarashlarini rivojlantirib, dunyoning asosida tabiatning qandaydir bitta yoki bir 
qancha stixiyasi emas, balki bitta manba yotadi, olov ham, suv ham, tuproq ham, 
havo ham, dunyodagi barcha turli-tuman narsa va hodisalar ham shu manbadan 
paydo bo‘ladi, degan ta’limotni ilgari surdi. Butun mavjudotning negizi bu 


materiya deb atagan edi. Demokritnnng ta’limotiga ko‘ra, materiya atomlardan, 
ya’ni juda mayda, ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalardan – moddalardan tashkil 
topgan. 
Barcha atomlar doimo harakatlanib turadi (Demokritning fikricha, ular 
bo‘shliqqa tushib turadi). Atomlar faqat shakl jihatidangina bir-biridan farq qiladi. 
Burchaksimon, ilmoqsimon, g‘adir-budur atomlar bo‘lib, harakatlanganda ular 
bir-biriga tegib ketadi, shuning uchun ham ular sekin harakatlanadi. Shu atomlarning 
birikishidan qattiq jismlar hosil bo‘ladi. Dumaloq, oval shaklidagi, sirg‘anchiq 
atomlar ham bo‘ladi, ular esa sekin harakatlanadi. Bu atomlarning birikishidan 
suyuq gazsimon jismlar hosil bo‘ladi. 
Demokriatning ta’limotiga ko‘ra, tan va ruh egasi bo‘lgan inson xuddi shu 
atomlardan, tarkib topadi. Odamning tanasi qo‘polroq ilmoqsimon, g‘adir-budur va 
sekin harakatlanadigan atomlardan tashkil topadi, ruhi esa eng silliq, dumaloq, 
sirpanchiq, binobarin, eng harakatchan atomlardan tashkil topadi. Ruhning har bir 
ayrim atomi, hatto uning kichkina gruppalari ham sezuvchanlikka ega emas. 
Ularning bir qanchalari birlashibgina, sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ruh 
atomlari butun badanga tarqalgan, lekin ularning ko‘pchiligi ko‘zda, quloqda, 
panja uchlarida, yurakda hamda bosh miyada joylashgan. Bizning sezgilarimiz, 

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling