Psixofiziologiya – odamlarning individual psixologik
va psixofizio-logik
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar,
holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir ko‘rsatish jarayonlari kabi jabhalarni
tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi – oila psixologiyasini o‘rganuvchi, fanlararo tadqiqot
qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya – hozirgi zamon fanining
chegarasidan tashqaridagi,
tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Fan rivojlanib,
taraqqiy
etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib bormoqda.
Psixologiyaning metodologiyasi va ilmiy tadqiqot metodlari
B.G.Anan’yev
psixikani
o‘rganish
metodlarini
turli
guruhga
ajratib,o‘rgangan:
A)
tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
B)
empirik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat
mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya;
V)
natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
G)
sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
Tadqiqot
metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz),
kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.
Ilmiy tadqiqot
metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib, ular statistik (miqdor)
va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash
guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Empirik metodlar guruhi o‘z
navbatida ikkiga, ya’ni asosiy va yordamchi metodlarga bo‘linadi. Asosiy
metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, yordamchi metodlarga suhbat,
so‘rovnoma, test, sotsiometriya va faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi
metodlarni
kiritish mumkin.
Mavzu yuzasidan savollar.
1. Psixologiya fani nimani o’rganadi?
2. Psixika nima?
3. Psixikaning qanday formalari bor?
4. Bilish jarayonlari qaysilar?
5. Psixologik xolatlarga nimalar kiradi?
6. Psixologik xususiyatlarga nimalar kiradi?
7. Psixologiya fanining printsiplari qaysilar?
8. Psixologiya fanining tarmoqlari qaysilar?
9. Psixologiya fanining qanday vazifalari bor?
10. Psixologiya metodlarini aytib bering.