1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot iroda; shaxsning individual 
psixologik xususiyatlari: temperament xarakter, qobiliyat. Shunga muvofiq bir 
qator olimlar tomonidan psixikaga ta’riflar berilib, uning mazmun mohiyati ochib 
berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy 
darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks 
ettirilishida namoyon bo‘ladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida 
yo‘naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova 
fikricha psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy 
olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o‘ziga xos 
usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.


Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari 
xosdir. Masalan, ko‘zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya 
uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo‘lib, ong va o‘zini 
o‘zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. 
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo‘lgan talab-ehtiyoj juda 
kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi
tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o‘stirish zarur. Buning uchun 
eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida 
qayta qurishi lozim. Hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya 
bo‘limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi.
Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o‘tkazilib, psixik jarayonlar, 
holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy 
va amaliy bilimlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada 
ko‘paydiki, ular ma’lum qonun qoidaga tayanishi lozim. SHu bois olib borilayotgan 
izlanishlarga asos bo‘lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi.
Shunga ko‘ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling