Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari,
ijodiyotda intuitsiya va ilhomni tadqiq qiladi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
a. yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish
jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi
bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi,
gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
b. patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli
shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini
o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi
shaxslararo o‘zaro taьsir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni
o‘rganadi.
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik
yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning taьsiri masalalarini
o‘rganadi.
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy
xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning
qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki,
unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan
ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda asosiy rolь o‘ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida
psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |