1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


hislarimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

hislarimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir. 
Atrofimizdagi narsalardan doimo dumaloq, yengil atomlar ajralib chiqib, fazoda 
uchib yuradi. Agar shu atomlardan birortasi ko‘zimizga tushsa, biz ko‘ramiz; 
quloq’imizga tushsa eshitamiz, burnimizga kirsa, biror narsaning hidini sezamiz 
va hokazo. Bizning fikrlarimiz– bu bosh miyadagi ruh atomlarining harakati. 
Bizning hislarimiz intilish – ehtiroslarimiz – bu yurakdagi ruh atomlarining 
harakati. Demokritning ta’limotiga ko‘ra, ruhiy hayotning markazi yurakdir. 
Ruhimizni tashkil qiluvchi atomlar tanamizdan chiqib ketmaguncha biz o‘z-
o‘zimizni anglaymiz.
Idealistik filosofiyaning asoschilari, antik dunyoning ikkita buyuk 
mutafakkiri Sokrat (469 – 399 y.) va Platon (427 – 347 y.)lar ham Demokrit bilan 
deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular quldorlik aristokratiyasi 
mafkurasining namoyandalari edilar. 
Sokrat ham, Platon ham jon va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi 
bo‘lgan ikkita mohiyatdir, deb ta’lim berganlar. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi 
organlari bilan idrok qilishi mumkin: uni ko‘rish va sezish mumkin, u fizik jismdir. 
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan idrok qilish 
mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo‘lib, fizik jism emas, balki metafizik, 
sezib bo‘lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga emas, balki boshqa ideal 
dunyoga, haqiqatan yashayotgan ideyalar (g‘oyalar), «obrazlar» 
dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha dunyodan kelib qo‘shiladi. 
Uning tana bilan birga bo‘lishi vaqtinchalikdir, tana o‘lishi bilan jon yana ideal 
dunyoga qaytib ketadi. 
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi narsa 
kabi, doimo ideya (g‘oya) lar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo‘lib intilib turadi. 
O‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqida eslash insonga haqiqiy 
demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir manbai – ideyalar 


dunyosidir. Bizning atrofimizdagi dunyoni sezishimiz va idrok qilishimiz esa, 
faqatgina o‘zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida bilim beradi, xolos. 
Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon bo‘lishi ko‘pchilik 
kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga bo‘ysundirilishi mumkin. 
oqibatda, jon ideyalar dunyosini go‘yo esdan chiqarib, materiyaga g‘arq 
bo‘lmog‘i mumkin. 
Shuning uchun ham yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, 
materiyaga qanchalik g‘arq bo‘lish darajasiga qarab, go‘yoki uch qismga 
bo‘linadi. Har bir kishida ularning har biri har xil darajada namoyon bo‘ladi. 
Eng oliy qismi – bu insonning (g‘oya)
ideyalarni ko‘rish - bilish darajasigacha 
ko‘tarila olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuksak aqldir, jonning bu qismi 
insonning boshidan o‘rin oladi; jonning faol qismi, g‘azab, shuhratparastlik, 
oliyjanoblik ehtiroslari va ma’naviy fazilatlar manbaidir, u yurakda 
joylashgan. Jonning uchinchi qismi turli hush-nohush hislar. U his va kayf-safoga 
doir his-tuyg‘ular manbai bo‘lib, qorinda joylashgan bo‘ladi. 
Jonning qaysi qismi ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual 
xususiyatlari – hayotining yo‘nalishi, xarakteri, mayl va qobiliyatlari paydo 
bo‘ladi. Qadimgi grek materialistlari, shuningdek idealist Sokrat va Platonlar 
ham o‘zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon qilingan 
mukammal asar sifatida qoldirmaganlar. Ularning bu fikrlari asosan ayrim-
ayrim mulohazalar tariqasida saqlanib qolgan. Platonning psixologik fikrlari esa 
har xil falsafiy asarlarida– dialoglarda sochilgan. Grek filosoflaridan birinchi 
bo‘lib ruh, va ruhiy faoliyat haqida sistemali ta’limot yaratgan kishi Aristotel 
(384-322 y.)bo‘lgan. Aristotel Platonning shogirdi bo‘lib, Aristotel o‘z 
falsafiy ta’limotida idealizm bilan materializm o‘rtasida ikkilanib qolgan. 
Aristotel maxsus ilmiy predmet sifatidagi psixologiyaning asoschisi va 
otasidir, u bir qancha asarlar –traktatlar yozib, ularda psixologiya masalalari 
bo‘yicha o‘z ta’limotini bayon qiladi. Bulardan eng muhimi «Peri psixis», 
ya’ni «Ruh haqida» deb nomlangan traktatidir. 
Aristotel ruh, tana bilan uzviy bog‘langan, deb hisobladi. Lekin uning 
fikricha ruh, moddiy, jismiy ham bir narsa emas. 
Aristotel jon (ruh,) ning uch qismi haqida Platon ta’limotidan farq qilib, 
uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqliy ruh turlari haqida ta’limot 
yaratdi. Vegetativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko‘payishda ifodalanadi. 
Ruhning bu turi o‘simliklarda, hayvonlarda, insonlarda ham bo‘ladi. Sezuvchi 
ruhning faoliyati sezgi va hislarda, xotira va tasavvurlarda namoyon bo‘ladi. 
Ruhning bu turi hayvonlarda ham, insonlarda ham bo‘ladi. Aqlli ruhning 
faoliyati tafakkurda, bilimda va ixtiyoriy harakatlar da yuzaga chiqadi. 
Aqlli ruh faqatgina insonlarga xosdir. Shu aqliy inso niy ruh va uning 
faoliyati haqidagi mulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o‘rin tutadi. 
Uning fikricha, bu ruhning mohiyati yashirin, ilmiy yo‘l bilan bilib 
bo‘lmaydigan botir kuchdan iborat. «Ruh, haqida aniq, tushuncha berish,–deydi 
Aristotel,–har jihatdan haddan tashqari qiyin ish, ruh_ bu jism emas, balki 
o‘shanga xos bir narsadir...U mavhum tushunchadir». Aristotelning fikricha, 


aqlli ruh ilohiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan u tanadan tashqarida ham yashay 
oladi. Tana o‘lgandan keyin «aqlli ruh, ilohiy ruh, bilan qo‘shilib ketadi». 
Aristotel, inson sezgilari tashqi moddiy qo‘zg‘ovchilar ta’siri tufayli hosil 
bo‘ladi degan fikrni ta’kidlagan. Tafakkur haqidagi ta’limotida u Platonning 
umumiy va mavhum tushuncha-ideyalar narigi dunyodan kelib chiqqan degan 
ta’limotini inkor qildi. Aristotel tushunchalarida ifodalangan umumiylik yakka 
narsalardan tashqarida yoki yakka narsalardan avval o‘zi bor bo‘lgan emas, balki 
yakka narsalarning o‘zida bo‘ladi, degan ta’limotni ilgari surdi. 
Qadimgi grek va rim filosoflari Aristoteldan keyin Demokrit (materialistik 
psixologiya) Platon va Aristotel (idealistik psixologiya) lar yaratgan psixologik 
ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qanday yangilik kiritmadilar. 
Demokritdan keyin materializmning ko‘zga ko‘ringan vakillari grek filosofi 
Epikur (342–271 y.) va rim shoiri-filosofi Lukretsiy Karr (99–55 y.) edilar. 
Epikurning fikricha, ruh g‘ayri jismoniy bir narsa emas, «Jismsiz bo‘shliqdan 
boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g‘ayri jismiy narsa degan 
kishilar alahsirayaptilar» Epikur moddiy bo‘lmagan substantsiyaning mavjudligini 
mutlaqo inkor qilib, «ruh, butun organizmga tarqalgan juda nozik jismdir» deb 
hisobladi. 
Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asarida atomistik 
materializm falsafasini, xususan ruh haqidagi materialistik ta’limotni poetik 
formada bayon qiladi. U moddiy bo‘lmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. 
«Jon, ruh yoki aql moddiy bo‘lib, faqat inson tanasiga xos bo‘lgan kuchlarnigina 
tashkil qiladi»... Ruh ham, jon ham, jismiy tabiatga ega. 
Psixologiya bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining 
uchta ta’rifi mavjud; ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. 
Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy prinsip deb, uning 
faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo‘ygan. Ongni psixologiyaning predmeti 
sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot ob’ektiga aylantirib, bir 
vaqning o‘zida ong, ong ham predmet, ham izohiy printsip bo‘lib xizmat qilgan. 
Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi sub’ekt tizimini
yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot yo‘liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda 
psixologiya psixika va ongni o‘z tadqiqot predmeti sifatida yo‘qotdi. Keyingi 
taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy 
buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo‘lganidek psixologiya
ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to‘la, ba’zan, turg‘unlik, ba’zan voz 
kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o‘tgan. 
Psixologiya haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar eramizgacha VI asrlarda 
paydo bo‘lgan. Taraqqiyotning shu katta davrini o‘rganish uchun qismlarga ajratish, 
bosqichlarga bo‘lish va har bir davrning mazmunini belgilash kerak bo‘ladi. 
Psixologiya tarixida ikkita katta davr ajratiladi. Birinchisi - psixologiyaning 
falsafa, boshqa tibbiy, ilmiy fanlar tarkibidagi taraqqiyoti, ikkinchisi - taraqqiyoti 
psixologiyani ilmiy asoslarini psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi vaqt bo‘yicha 
olganda birinchisi eramizgacha VI asrdan eramizning XIX asrining o‘rtalarigacha 
davom etib 2,5 ming yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga olsa, ikkinchi davr 1,5 asr 
mobaynida davom etib kelmoqda. Har ikkala katta davrning haqiqatga yaqin 


ekanligiga shubha qilmagan holda, har bir davrni yana mayda davrlarga bo‘lib 
chiqish mumkin.
Xronologiyaga ko‘ra XVIII asr, XIX asr va XX asrlar psixologiyasi, geografik 
joy o‘rniga ko‘ra Masalan: Meksika, Angliya, Fran siya psixologiyalari kabi.
Boshqa fanlarda ham bo‘lganidek psixologiya tarixi fanlari ham shartli bo‘lib, 
u ba’zan o‘rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy yondoshishiga va 
hakozo sabablarga bog‘liq bo‘lgan. Shartli ravishda psixologiya tarixining quyidagi 
davrlarini belgilash mumkin:
Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi 
jadvalda 
o‘z 
aksini topgan. 

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling