1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

Psixologiyaning tarmoqlari 
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni 
tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu 
bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga 
keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada 
professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari 
surdi:
1. Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
2. Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 


3. Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya 
sohalari. 
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. 
Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; 
a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni 
taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini 
o‘rganadi; 
b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini 
boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi;
c) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan 
vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va 
ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam 
faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyauning predmeti o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya 
berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish, o‘quvchilar tafakkurini taraqqiy 
topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o‘zlashtirish jarayonini 
boshqarish 
masalalarini 
o‘rganadi. Pedagogik psixologiya bo‘limlari 
quyidagilardir: 
a) ta’lim psixologiyasi; 
b) tarbiya psixologiyasi; 
c) v) o‘qituvchi psixologiyasi; 

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling