1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining 
psixologik jihatlarini o‘rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya — psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar 
o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi; 
b) psixofarmakalogiya — dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini 
o‘rganadi; 
c) v) psixoterapiya — bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini 
o‘rganadi; 
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik 
masalalarni o‘rganadi. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud. 
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy 
xususiyatlarini tahlil qiladi; 
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga 
doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug‘ullanadi. 
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori 
bilan bog‘liq hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini, psixologik targ‘ibot 
metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o‘rganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning 
psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va 
o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.


Savdo psixologiyasi – asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan 
bo‘lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga 
xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini 
tadqiq qiladi.
San’at psixologiyasi — san’at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning 
psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli 
hodisalarni paydo bo‘lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy 
qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o‘rganadi.

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling