14-Mavzu: Shveysarning mehmonxonani boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikni o‘rnatish tamoyillari
Reja:
Qabul qilish va ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘limi bilan hamkorlik
Xavfsizlik bo‘limi bilan hamkorlik
Qabul qilish va ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘limi bilan hamkorlik. Qabul qilish va joylashtirish bo’limida shveysarning xizmati alohida o’rinni egallaydi. Chunki mehmonlar dastlab shveysarga duch kelishadi. Shuning uchun shveysar o’z kasbining ustasi bo’lishi kerak. Mijozlar bilan psixologik jihatdan ham, kasbiy jihatdan ham mukammal bo’lishi kerak. Kelgan mijozlarga peshvoz chiqib, ularning ichkariga kirishlari uchun eshikni ochib beradilar. Shveysar doim ish formasida, o’z vaqtida ish joyida bo’lishlari shart. O’z kasbiga doim talabchan bo’lishi kerak. Qabul qilish bo’limi faoliyati shveysarning faoliyati bilan boshlanadi. Mehmonxona xodimlarining kasbiy mahorati yuksak darajada xizmat ko‘rsatish madaniyati bilan belgilanadi. Bunga hozirjavoblik, doimo tayyorlik, psixologik bilim va xalqaro odob normalariga rioya etish va boshqa ko‘p fazilatlar kiradi.
Kasbiy odob – xulq qoidalari bo‘lib, unda qaysikim faoliyatning u yoki bu sohasida o‘zaro axloqiy munosabatlarning konkret tipini belgilaydi.
Mehmonnavozlik instruksiyasi xodimlarining kasbiy odobi birinchi navbatda xizmat ko‘rsatish madaniyati bilan bog‘liqdir. Mehmonnavozlik sohasi xodimlari ijobiy sifatlarning butun bir jamlanmasiga ega bo‘lishlari lozim. Ulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz.
Ishchanlik – o‘zining ish grafigini samarali tuzish mahorati va mehnat madaniyatining muhim qismi bo‘lgan uning sifatini oshirishdir.
Ish va so‘z birligi va intizomlilik – xodimning o‘zi va ishi mosligi, uning tartibligi, kun tartibi va mehnat intizomiga rioya qilishi.
Onglilik – ko‘nikma va harakatlarni anglash, o‘z burchini vijdonan bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |