1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja
-Mavzu: Nosatandart vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari
Download 87.58 Kb.
|
maruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizo tushunchasi va uning turlari
13-Mavzu: Nosatandart vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari
Reja: Nizo tushunchasi va uning turlari Mehmonxonalarda yuzaga keladigan nizolar xususiyati Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo‘llari Nizo tushunchasi va uning turlari O‘zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: "Nizo - bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq". Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‘zaro janjallar sodir bo‘ladi. Odamlar janjal haqida o‘ylaganlarida dushmanlik, qo‘rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‘lishi mumkin. Jamoa a‘zolarining prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan: -mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni; -haq to‘lashning takomillashtirilmagani; -yomon mehnat sharoitlarini; -mehnat haqidagi qonunlarni buzishni; -rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini; -o‘zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‗rsatish mumkin. Jamoa a‘zolari orasida nizolarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir Bo‘ladi. Nizo sabablari 1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik. 2. Vazifalarning o‘zaro bog’likligi. 3. Maqsadlardagi har xillik. 4. Erkinlik, mustaqillik va o‘z qadrini bilishdagi har xillik. 5. Manmanlik, qaysarlik. 6. Kommunikatsiya o‘zaro aloqaning qoniqarsizligi. Turizm va mehmonxona xo‘jaligi boshqaruvida nizolarning asosiy turlari. Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bo‘linadi. Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi. Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo‘lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg’uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi. Download 87.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling