1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja
Mehmonxona mehmonlariga ma’lumotlar
Download 87.58 Kb.
|
maruza matn
Mehmonxona mehmonlariga ma’lumotlar berishni tashkil etish
Mehmonxonada mehmonlar uchun ma'lumot xizmati. Mehmonxona mijozlari bilan aloqa. Uchrashuvlarni tashkil qilish va VIP mehmonlarga qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish. Mehmonxona mehmonlari haqida kerakli ma'lumotlarni saqlash. Mehmonxona xizmatlari o'rtasida axborot almashish tizimi O’z-o’zidan ravshanki, mehmonxona xo’jaligi tarmog’ining iqtisodiyotiga, eng avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy holati, aholi jon boshiga olinadigan o’rtacha daromad, ishsizlik darajasi, mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq solish darajasi, kreditlarga belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda, tarmoqning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad darajasiga ko’ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar aholisini harakatchanroq), jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k. ham katta rol o’ynaydi. Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, yong’in xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning huquqlari to’g’risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita bog’liq bo’ladi. Umumiqtisodiy va demografik omillardan tashqari, mehmonxona iqtisodiyotiga yana bir qancha o’ziga xos omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi. Hozirda terrorizm ana shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik harakatlari, chunonchi: Misrda turistlarning terroristlar tomonidan o’qqa tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmon o’par binolarning vayron qilinishi terroristlar hujum qilgan mintaqadagi mehmonxonalarning to’lishiga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. To’g’ri, tajriba ushbu oqimlarga turistik oqimlar 2-3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt mobaynida juda ko’p mehmonxonalar bankrot bo’lishi mumkin. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining rezervlash xizmati faoliyatini ta’minlovchi tarkibiy qismi mazkur xizmat xodimlariga rezervlashga so‘rovlarni tez olish, rasmiylashtirilgan bronlarga tasdiqlar olish va mehmonxona nomerlari mijozlar bilan qay darajada to‘liqligi haqida doim aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ofisda va telefon orqali rezervlash markazlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilgan bronlash haqidagi barcha axborot jamlanadi. Mehmonxona korporatsiyalarining aksariyati mazkur tizimda o‘z raqamlariga ega bo‘lib, ularning yordamida mijozlar oldindan buyurtma qilish uchun mamlakatning istalgan nuqtasidan, ba’zan hatto chet eldan (bepul) sim qoqishlari mumkin. Transport agentliklari ham ushbu markazlashtirilgan tizimga kompyuter tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan surunkali foydalanuvchi mehmonxonaning yuzdan ortiq xizmatchilari istalgan vaqtda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot olishlari mumkin: rezervlash; bosh ma’mur ofisi; jamoaviy tashriflarni rasimylashtirish; doimiy mijozlar haqida ma’lumotlar; hisobotlar matn muharriri; transport agentliklarining xizmatlari uchun schyotlar; turlarni rasmiylashtirish; ma’muriy-xo‘jalik masalalari; foiz daromadlarini boshqarish; kompleks dasturlar tuzish; ulgurji savdo; kompyuter bo‘yicha hisob-kitoblar uchun interfeys; kinofilmlar namoyishini buyurtma qilish uchun interfeys; savdo nuqtalari uchun interfeys; ekologik nazorat; markazlashtirilgan rezervlash; shahar grossbuxi; kreditorlik qarzlari; kondominium egalarining schyotlari; uyushmalarni boshqarish; nomerlarni uzoq muddatga berganlik uchun ijara haqi; taymsherlar uchun ijara haqi. O‘rta va katta mehmonxonalarda ma’murning ish joyi schyotlar va haridlarni nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun mini-kompyuter bilan jihozlanadi. Mehmonxonada odatda monitorlar bilan jihozlangan yana bir nechta xizmatlar: savdo nuqtalari, ta’minot xizmati, konferens-zal va boshqa xizmatlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Kichik mehmonxonalar so‘rovlarni rasmiylashtirish uchun mini-kompyuterdan alohida foydalanishi yoki uni mahalliy tarmoqqa ulashi mumkin. Download 87.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling