1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja
Download 87.58 Kb.
|
maruza matn
Halollik – qabul qilgan majburiyatlariga sodiqlik, o‘z ishi to‘g‘riligiga ishonch, o‘zi va boshqalar oldida samiyliklik.
Shveysarlar mehmonlarni tik turgan holda ta’zim bilan yoki so‘z bilan salomlashib kutib olishi kerak. Bagaj tashuvchi mehmonlar bilan salomlashgach, darhol ularga o‘z xizmatini taklif qilishi, iltimosni kutib turmasdan, ularni egasining roziligi bilan eltib berishi zarur. Shveysar mehmonlarni kutib oluvchi birinchi hodim bo’lganligi sababli doimo mehmonxona kirish eshigi oldida turadi. Shveysarlar belgilangan alohida xonaga ega emas lekin hodimlar uchun ajratilgan xonadan kiyimlarini almashtirishda foydalanishlari mumkin. Shveysarlar har doim toza ish kiyimida bo’lishlari, ozoda, gigiyena qoidalariga amal qilishlari lozim. Shu bilan birga ish joyini toza tutishi, zarur hollarda tozalash ishlarini o’tkazishi, kirish eshiklarining sozligini nazorat qilishi lozim. Mehmonxona hududi yaqinida begona shaxslarning kelib ketishiga e’tiborli bo’lishi kerak. Mehmonxona mijozlarining transportlarini, avtomobil turar joylarini kun davomida ko’zdan kechirib turadi. Mehmonxonada xushmuomilalik va xushyorlik talab qilinadi. Qavatdagi xizmatkor iltimosni kutib turmasdan keksalarga yoki nogironlarga juda e’tiborbilan qarashi va yordamlashishi zarur. Agar mehmonxonada texnik sabablarga ko‘ra suv va isitish uzib qo‘yilsa mehmon ogohlantirilishi lozim. Noqulaylik tug‘ilgani haqida mehmonxona ma’muriyatiga ma’lum qilinadi. Bunday hollarda yashovchi boshqa nomerga (suv bor xonaga) o‘tkaziladi yoki shunday vaziyat uchun ko‘zda tutilgan boshqa idishlardan suv bilan ta’minlanadi. Mehmonxona xodimi o‘zida vazminlik, bosiqlikni tarbiyalashi zarur, o‘z hissiyotlarini jilovlay olishi, turli xarakterdagi odamlarni kutib olganda ularning salbiy hissiyotlari ta’siriga tushib qolmasligi darkor. Hatti-harakatlarida charchagani, kayfiyati yo‘qligi, mehmonni xushlamayotgani va boshqa tushkun holatlarini gap ohangida, chehrasida, mehmonlar bilan muomilada aslo sezdirib qo‘ymasligi talab qilinadi. Bular boshqa kishini harakatlanishi, kamsitilishiga sabab bo‘lishi, mehmonxona xodimining o‘zini sha’nini ham erga urishi mumkin. Download 87.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling