1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi


Download 249.54 Kb.
bet10/32
Sana21.06.2023
Hajmi249.54 Kb.
#1644287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
2. Siyosiy ong funksiyalari

Siyosiy ongning mohiyati uning funksiyalarida o'z ifodasini topadi. Quyida ana shu funksiyalarni ko'rib chiqamiz.


1. Bilish — axborot berish. Kishilar ertami yoki kechmi, xohlaydimi yoki yo'qmi, ammo qat'iy ravishda siyosat dunyosiga duch keladi. Ular bu soha bilan shug'ullanishni xoxlamasalar-da, siyosat ular bilan, baribir, "shug'ullanadi". U kishilarning hayotiga va taqdiriga davlat, partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari orqali ta'sir ko'rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot ko'rinishida "kirib" boradi.
Hozirgi hayotning mexanizmlari shundayki, kishilar doimo biror yo'lni, shu jumladan, siyosiy yo'lni tanlab olishga majburdirlar. Bu ularni siyosat olamini bilishga, siyosiy axborotlarni egallashga undaydi. Siyosiy ong bu tomondan qaraganda kishilarga siyosiy bilimlar va axborotlarni o'zlashtirishga, ijtimoiy — siyosiy hayotda o'z o'rnini belgilashga va unda to'g'ri mo'ljalni olishga yordam beradi.
2. Baholash. Siyosiy ong ijtimoiy — siyosiy voqelikni nafaqat biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy hodisalar va voqealarni anglash jarayonida, ularga o'z munosabatlarini bildiradilar, o'zlari uchun muayyan xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o'zlarining siyosiy qarashlarini, e'tiqodlarini, pozitsiyalarini, qiziqishlarini shakllantiradilar.
3. Yo'naltirish. Siyosiy ong kishilarga o'zlarini jamiyat va davlat oldida nafaqat burchlarga, majburiyatlarga, balki muayyan huquqlar, erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo'lgan fuqarolar ekanliklarini anglashga yordam beradi. O'z navbatida, fuqaro deb, o'zini-o'zi idrok etish, kishilarni voqelikni sust, bir tomonlama anglashdan ijtimoiy — siyosiy hayotda aniq va faol ishtirok etishga undaydi. Siyosiy ong o'zining yo'naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy xulq—atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy uyushmalarga o'zlarining ham fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi.
4. Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida hamda uning tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g'oyalar, me'yorlar, tasavvurlar va e'tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulq— atvorlarini tartibga soladi. Siyosiy ongning tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining keskin burilish bosqichlarida, inqirozli davrlarida mislsiz ortadi. Aynan siyosiy tizimning samaradorligi, voqealarning rivojlanish yo'li, ijtimoiy — siyosiy o'zgarishlarning yo'nalishi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga, siyosiy ko'rsatmalarga bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib, siyosiy ong-sotsial subyektlar (individlar, guruhlar, sinflar, ijtimoiy birliklar)ning ijtimoiy hayotning siyosiy sohasi haqidagi bilimlari, tasavvurlari va baholashlarining yig'indisidan iboratdir. U bir qator funksiyalarni: bilish-axborot berish, baholash, yo'naltirish, tartibga solish kabi funksiyalarni bajarish bilan jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi.
Siyosiy ong ijtimoiy ongning asosiy shakllaridan biri boʻlib, siyosiy hokimiyat va davlatchilikning paydo boʻlishi bilan birga vujudga keladi.
Eng umumiy ma'noda siyosiy ong - ma'lum bir davrda mavjud bo'lgan va odamlarda o'z-o'zidan paydo bo'ladigan barcha nazariy g'oyalar va munosabatlarning yig'indisidir.
Siyosiy ong - bu siyosat sub'ektlarining jamiyat resurslaridan uning xavfsiz rivojlanishi uchun foydalanish haqidagi g'oyalari.



Download 249.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling