1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 249.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Siyosiy ong: moxiyati, mazmuni, funksiyalari. Reja 1. Siyosiy ong mohiyati va mazmuni. 2. Siyosiy ong funksiyalari
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Siyosiy hokimiyatning mohiyati va asosiy belgilarini tushuntiring. 2. Siyosiy hokimiyat qanday imkoniyatlarga (resurslarga) ega? 3. Hokimiyatni imkoniyatlari, funksiyalari, subyektlari va obyektlarining o‘zaro munosabati uslubiga ko‘ra qanday turlarga bo‘lish mumkin? 4. Siyosiy hokimiyatning asosiy xususiyatlarini tahlil qiling. 5. Siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi qaysi tarkibiy qismlarni qamrab oladi? 6. M. Veber tasnifi bo‘yicha siyosiy hokimiyat legitimligi turlarini o‘zaro taqqoslang. 7. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shaxs va hokimiyat munosabatlarini demokratlashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi? 8. Siyosiy partiyalar, ularning turlari, maqsad va vazifalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 9. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar va ularning jamiyat siyosiy tizimidagi roli to‘g‘risidagi bilimlaringizni dalillar asosida bayon qiling. 10. 2010-yilning 12-noyabrida Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» asosida O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy hokimiyat va ko‘ppartiyaviylikka oid mulohazalarni o‘rganib chiqing va konspektlashtiring. Mavzu: Siyosiy ong: moxiyati, mazmuni, funksiyalari. Reja 1. Siyosiy ong mohiyati va mazmuni. 2. Siyosiy ong funksiyalari 3. Siyosiy ong darajalari va siyosiy ong turlari 4. Siyosiy qarashlar va xulosalar. 5. Siyosiy ong tipologiyasi Siyosiy ong — siyosiy fanning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. U o'zining mohiyati, manbai, funksiyalariga ko'ra iqtisodiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, estetik, diniy ongdan farq, qiladi. Siyosiy ong — siyosiy borliqning subyektiv in'ikosidir. U jamiyatning alohida mustaqil — siyosiy sohasini aks ettiradi. Kishilar o'z faoliyatida mavjud siyosiy voqelikni shunchaki ko'rish bilan qanoatlanib qolmaydilar. Ular hamisha bu voqelikni bilishga, anglashga va uni o'zgartirishga intiladilar. Kishilarning ana shu siyosiy borliq haqidagi bilimlari, qarashlari, tasavvurlari ularning siyosiy ongini tashkil etadi. Siyosiy ong-kishilarning siyosiy bilimlari, tasavvurlari, maslaklari, e'tiqodlari va o'zlari yashab turgan siyosiy tuzumni baholashlarining yig'indisidan iboratdir. Siyosiy ong — siyosiy borliqning faol, jonli, ijodiy in'ikosidir. U orqali jamiyat siyosiy tizimining o'zini-o'zi anglash sodir bo'ladi. Siyosiy ong siyosiy voqelikni qanday bo'lsa, shunday, yaxlitligicha va bir butunligicha aks ettiradi. Biroq, siyosiy ong siyosiy voqelikni oyna kabi qanday bo'lsa, shunday, mexanik tarzda, jonsiz aks ettirmaydi. U siyosiy voqelikning ma'no-mazmuni, sir - asroriga "kirib" boruvchi, uning muammolarini va ularni hal qilishning yo'llarini aniqlovchi, ijtimoiy siyosiy jarayonlarning o'zgarishi va rivojlanishini bashorat qiluvchi in'ikosidir. Siyosiy ong — jamiyatning siyosiy hayoti va uning barcha boshqa sohalariga katta ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan ijtimoiy ong shaklidir. Bundan tashqari, alohida olingan kishilarning ham, jamiyat ijtimoiy — siyosiy birlashmalarining ham xulq—atvori va faoliyatlarining xarakteri ko'p jihatdan siyosiy ongning shakllanish va rivojlanish darajalariga bog'liqdir. Shuning uchun ham, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, tartibga solish amaliyotida, ham jamiyatning, ham uni tashkil etuvchi individlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning siyosiy ongi holatini hisobga olish o'ta muhimdir. Bu o'rinda hokimiyatlar, siyosiy partiyalar ijtimoiy — siyosiy muvozanatni saqlab turishga imkon beradigan, jamiyatning taraqqiyoti ehtiyojlarini to'la ifoda etadigan siyosiy ongni shakllantirish va rivojlantirishga intilishlari zarur bo'ladi. Siyosiy ong ko'pincha siyosiy tasavvurlar yig'indisida iborat bo'ladi. Siyosat ma'naviy dunyosining o'zi tasavvurlardan tashkil topadi. Ongsiz, tasavvurlarsiz kishilik jamiyati bo'lmaganidek, siyosiy ongsiz, tasavvurlarsiz hech qanday siyosiy sohaning bo'lishi ham mumkin emas. Siyosiy ongning muhim belgisi — uning aniq-tarixiy tabiatga ega ekanligidir. Siyosiy ongda, birinchi navbatda, jamiyatda hukmronlik qiluvchi ijtimoiy guruhlarning tasavvurlari va qadriyatlari umumlashtiriladi. Shu bilan birga, amal qiluvchi qarashlar tizimida o'tgan davr ma'naviyati ham ishtirok etadi. Masalan, erkinlik tushunchasi — qandaydir biror—bir sinfning emas, balki umuminsoniyatning yutug'idir. Ammo, bu va boshqa siyosiy tushunchalar turli davrlarda turli mazmunga ega bo'ladi. Siyosiy ongning muhim xususiyati — uning dinamikligi, tez o'zgaruvchanligidir. Bu siyosiy borliqning o'ziga xosligi bilan bog'liqdir. Agar iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarning o'zgarishi uchun o'n yilliklar kerak bo'lsa, siyosiy tuzilmalar va munosabatlar bir necha kun yoki oylarda keskin ravishda o'zgarishi mumkin. Siyosiy ong ijtimoiy va siyosiy amaliyot bilan bevosita bog'langan. U jamiyatda paydo bo'layotgan ziddiyatlar va ixtiloflarga tezda munosabat bildiradi. Siyosiy ong — ijtimoiy tabiatga ega bo'lgan ongdir. Har bir kishi ma'lum ijtimoiy guruh, tabaqaning a'zosi, birorta millatning vakili, biror davlatning fuqarosi hisoblanadi. Mana shu mansublik kishilar siyosiy ongining ijtimoiy mazmunini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, siyosiy ong kishilar tomonidan o'zlarining biron — bir ijtimoiy guruhga mansub ekanliklarini anglash asosida shakllanadi. Ijtimoiy guruhga mansublik esa, o'z navbatida, kishilarda muayyan siyosiy pozitsiyaga egalik hissini tug'diradi. Siyosiy ong nafaqat ijtimoiy, balki individual tabiatga ham egadir. U muayyan guruh, elat, millatga mansub bo'lgan ayrim kishilarning ongidir. Unga individuallik, betakrorlik xosdir. Siyosiy ong aniq tarixiy shart — sharoitning, muayyan omillar ta'sirining mahsulidir. Uning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi manbalar asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birinchi manba — insonning oilaviy muhitidir. Siyosiy g'oyalar va hissiyotlar unga oiladagi tarbiya orqali beriladi. Bunga to'g'ri keluvchi ijtimoiy — ruhiy qarashlar — siyosiy ongning poydevorini barpo etadi. Uning negizida esa fuqaro shaxsi shakllanadi. Ikkinchi manba — bu keng ma'nodagi axborotdir. U insonga ham muomala, muloqot orqali, ham ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, matbuot) orqali "kirib" boradi. Uchinchi manba — bu individning shaxsiy tajribasidir. Bu shaxsiy tajriba olingan bilimni ag'dar-to'ntar qiladi yoki tasdiqlaydi. Biroq, ular qanday holatda ham siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga muhim ta'sir ko'rsatadi. • Yuqorida qayd etilgan manbalar insonga siyosat dunyosini tahlil etishga va unga nisbatan munosabatini belgilab olishga imkon beruvchi bilimlarning yig'indisini tashkil etadi. Bunda oilada olingan bilimlar turli avlodlar tomonidan to'plangan tajriba sifatida ham bo'lishi mumkin, ammo shu bilan birga, xurofot ham bo'lishi mumkin. Axborot ham haqiqiy, yoki yolg'on bo'lishi mumkin. Insonning hayotiy tajribasi ham tipik bo'la olmasligi va siyosiy voqelikni aks ettira olmasligi ham mumkin. Shuning uchun, siyosiy ong shakllanishida quyidagi shartlarning amal qilishi juda muhimdir: • inson o'zining biror guruhga mansubligini idrok etishi; • inson o'zining muayyan siyosiy qarashlar, nuqtai nazarlar tarafdori ekanligi, o'zining subyekt sifatidagi maqomi, huquqlar, erkinliklar egasi, hokimiyatga ta'sir eta oluvchi shaxs ekanligini anglashi; • o'zi mansub bo'lgan guruh manfaatlarini siyosiy hokimiyat bilan muloqotga kirishmay - turib hal qilish mumkin emasligini anglashi, kishilarning siyosiy muammolarni anglashi, siyosat dunyosi haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari bilan chambarchas bog'liqdir. Masalan, og'ir ahvolda qolgan korxona ishchisi, muassasa xodimi ishdan bo'shatishni ko'zda tutmaydigan qarorlarni — vaziyatni to'g'rilash bo'yicha yaxshi qarorlardir, deb hisoblaydi. Boshqarayotgan partiyaning faoli, agar hokimiyatga muholifat kelsa, mamlakatda iqtisodiy vaziyat yomonlashadi, deb o'ylaydi. Agar biror siyosiy arbob korrupsiyada ayblansa, bunga o'zining siyosiy mavqeini sabab deb hisoblaydi. Demak, voqelik o'zidan-o'zi, to'g'ridan-to'g'ri siyosiy ong orqali baholanmaydi. U kishilarning avvalgi e'tiqodlari va manfaatlariga ham bog'liq bo'ladi. Siyosiy ong yakka holda emas, balki ijtimoiy ongning boshqa shakllari: iqtisodiy qarashlar, falsafiy ta'limotlar, huquqiy nazariyalar va me'yorlar, axloqiy qonuniyatlar, estetik qadriyatlar bilan o'zaro bog'liq holda va birgalikda harakat qiladi. Ko'p siyosiy ta'limotlar va qadriyatlar siyosiy ongning mahsuli bo'laturib, hozirgi jamiyatda g'oyaviy ahamiyatga egadir. Ular faqat kishilarning siyosiy madaniyatini takomillashtirish uchungina emas, balki insoniyatning ma'naviy, ma'rifiy, madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhimdir. Shu bilan birga, ayrim davlatlar va ulardagi birlashmalar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, partiyalarning siyosiy faoliyati jarayonida siyosiy ongning u yoki bu pozitsiyasi to'g'ri kelmay, qolishi, qarama - qarshilikka, murosasizlikka o'sib o'tmasligi, uning tinch, madaniy xarakterda bo'lishi juda muhimdir. Download 249.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling