1-Mavzu: Ta'lim vositalari haqida tushuncha Reja


Download 7.68 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi7.68 Kb.
#1790550
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu Ta\'lim vositalari haqida tushuncha Reja-fayllar.org


1-Mavzu: Ta'lim vositalari haqida tushuncha Reja

1-Mavzu: Ta'lim vositalari haqida tushuncha

Reja
  1. Ta’lim vositalari – tarix bilimlari manbai.


  2. Tarix ta’limi vositalari klassifikatsiyasi




Tayanch tushunchalar: ta’lim vositalari, ta’limning texnik vositalari, yordamchi ta’lim vositalari, o‘quv - uslubiy materiallar


  1. Ta’lim vositalari – tarix bilimlari manbai

О‘rta ta’lim va о‘rta maxsus ta’lim tizimida tarix о‘qitishda qо‘llaniladigan matnlarga — darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlari, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar о‘quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bо‘lgani kabi о‘qituvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, о‘qituvchi shu manbalardan tо‘g‘ri va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman о‘rta ta’lim va о‘rta maxsus ta’lim tizimida tarix ta’limining yuksak talablariga javob berishi, о‘qituvchi bayonining о‘quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g‘oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta’sirchan bо‘lishi mumkin. Shuningdek matnlar ustida ishlash о‘quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi, ilmiy dunyoqarashini shakllanadi. О‘rta ta’lim va о‘rta maxsus ta’lim tizimida о‘quvchilar har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish olib borish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar.

О‘qituvchi о‘zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik matni о‘quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni о‘rganish, о‘zlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy о‘zlashtirishga va olingan bilimlarni hayotda qо‘llashga о‘rgatadi.

Darslik matni ustidagi ishlar о‘quv materialini о‘zlashtirish va uni esda saqlab qolish о‘quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani, tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini о‘z­lashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish an’analarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini о‘zlashtirish va aniqlashtirish, lug‘at ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bо‘lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida programmalashgan ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham kо‘zda tutiladi.



Download 7.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling