9-mavzu. So’z qudrati
Reja:
So’zlash madaniyati.
So’z tanlash mahorati.
So’zdan so’zni farqi bor, 72 naqdi bor.
Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: so’z, so’zlash madaniyati, so’z qudrati, so’zning tashqi va ichki tomoni, so’zning o’z va ko’chma ma’nosi.
21-mashq.
So’z va nutq odobi bo’yicha aytilgan quyidagi fikrlarni sharxlang.
1. So’zni ko’nglungda pishqormaguncha tilga keltirma, harnakim ko’nglungda bo’lsa, tilga surma. (A. Navoiy) 2. Nutq madaniyati bu, avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental) 3. Bilgilkim, hamma hunardan so’z hunari yaxshi. ( Kaykovus) 4. So’z kuchidan yiqilar minbar ham, dor ham, so’z birla chiqar indan ilon-murdor ham. (Abu Shukur Balxiy) 5. Har bir kishining madaniylik darajasi o’qib qanchalik tarbiya ko’rganligi uning yozma va og’zaki nutqidan bilinadi, (S. Ibrohimov) 6. Bir deganni ikki demak xush emas, so’z chu takror topti dilkash emas. (A. Navoiy)
Esda saqlang:
O’zbek tilida, avvalo, uning boy lug’at tarkibida o’zbek xalqining ilm-u madaniyati, san’ati aks etgan, insonning bilish faoliyati jarayoni va uning natijalari ifodalangan . Asosiy lug’aviy birlik hisoblangan so’z orqali kishilik jamiyatining madaniy-tarixiy qadriyatlari, to’plangan tushuncha va bilimlar avloddan avlodga yetkaziladi.
So’z shakli va mazmun yaxlitligiga ega bo’lib, ma’no va gramatik jihatdan shakllangan bo’ladi.
So’zning shakli, ya’ni tashqi tomoni tovush (harf)lardan iborat bo’lib, bu xususiyatlari fonetikada o’rganiladi. So’zning ichki tomoni esa unda ifodalangan ma’nolar bilan tavsiflanadi. So’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. Ko’p ma’noli so’zlar til taraqqiyoti natijasida paydo bo’ladi.
Ajdodlarimiz qadimdan to’g’ri, ta’sirchan, chiroyli gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-axloqiy talab sifatida qarab kelganlar. So’zni qadrlash, yaxshi so’zlay olish, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash, ezma va vaysaqi bo’lmaslik kabilarga amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muomaladagi bu odatlar xalqimizning mangu an’anasi sifatida yashagan va takomillashib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |