I topshiriq. “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi”.
(P. Emirson) Mazkur fikr haqida og’zaki matn tuzing.
22-mashq.
Quyidagi maqollarni davomini toping.
Oz so’z– …
Yaxshi gap jon ozig’i–,…
Aytilgan so’z –...
Qilichning zahri ketsa ham –,…
Otalar so’zi –...
Tilni bilish – ...
Aytar so’zni ayt–,…
Ko’p bilgan oz so’zlar–,…
Gapni oz so’zla–,…
Yaxshi gap bilan–…
II topshiriq. “Aql charxi” o’yinini tashkil eting. Unda quyidagi hazilnoma
savollardan foydalaning:
1. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? (quruq tosh).
2. Qaysi joyda osmon past bo’ladi? (suvda).
3. Qora mushuk qay vaqt uyga osongina kira oladi? (eshik ochiq bo’lsa).
4. Qozonga birinchi nima solinadi? (nazar).
5. Dunyoda nima chaqqon? (fikr).
6. Nima hamma tilda ham gapiradi? (aks-sado).
7. Odamzodda nima ko’p? (umid, reja).
8. Yumuq ko’z bilan nimani ko’rish mumkin? (tush).
9. Yomg’ir yog’ib turganda, qarg’a qanday daraxtga qo’nadi? (ho’l daraxtga).
10. Mushuk nega miyovlaydi? (gapirib bilmagani uchun).
III topshiriq. Yuqoridagi kabi hazil so’roqlardan 5 ta tuzing.
23 -mashq.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan so’z ta’rifi bo’limini o’qib quyidagi savollarga javob bering.
1. “Suvning mazasi muz bilan, oshning mazasi tuz bilan, odam yaxshiligi so’z bilan” jumlasini sharhlang.
2. …”Chin so’z mo’tabar, yaxshi so’z muxtasar…” jumlasi orqali qanday fikr ilgari surilgan?
3. “Yolg’on so’z baxtsizlik keltirur…” jumlasini izohlang.
IV topshiriq. Alisher Navoiyning quyidagi she’riy parchalarini sharhlab, so’z va so’zlash odobi bo’yicha matn tuzing.
1. Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,
Har neki ag’yor durur yor aylar,
So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar.
Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar.
(“Nazm ul-javohir”dan)
2. Qaysi majlisdakim eshitsang so’z,
Bilgil ul so’z sanga omonatdur,
Gar ani o’zga yerga naql etsang,
Ul omonatga bu xiyonatdur.
(“Arbain”dan)
3. Xiradmand chin so’zdan o’zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas.
Kishi chinda so’z zebo, durur
Necha muxtasar bo’lsa, avlo durur.
(“Mahbub ul-qulub”dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |