1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet31/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

II topshiriq. Ko’chma ma’noli so’zlardan foydalanib “Chinor” mavzusida ramziy matn yozing.


III topshiriq. Izohli lug’atdan foydalanib, bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar qatorini tuzing.
Esda saqlang:
Har bir kishi o’z nutqining to’g’ri, aniq, toza, ta’sirchan bo’lishiga erishishi lozim. Shunga ko’ra nutq oldiga muayyan talablar qo’yiladi. Bular quyidagicha:

  1. Nutqning to’g’riligi. Nutq to’g’ri bo’lishi uchun, asosan, ikki me’yorga – urg’u va grammatik me’yorga amal qilish talab qilinadi. Urg’uni to’gri qo’ymaslik undagi ma’noning o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Grammatik me’yor esa gap tuzish qoidalaridan to’g’ri foydalanish, qo’shimchalarni qo’llashda xatolikka yo’l qo’ymaslik tushuniladi.

  2. Nutqning aniqligi. Aniq nutq yaratish so’zlovchidan quyidagilarni talab etadi:

-sinonim so’zlardan keragini tanlab, nutqda qo’llash;
-ko’p ma’noli so’zlarning ma’no jilosini bilish, nutqda anglatadigan ma’nolarini har tomonlama bilish;
-omonim so’zlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
-paronim so’zlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish (yondosh-yondash, asir-asr, asil-asl, nufuz-nufus).
3. Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, avvalo, uning adabiy til me’yolariga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Nutqning tozaligiga quyidagilar ta’sir etadi:
-mahalliy (sheva) so’zlar;
-o’rinsiz qo’llangan chet so’zlar (varvar so’zlar);
-jargonlar;
-vulgar so’zlar;
-nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so’zlar (haligi, shu desangiz, habba, ibi va b.)
4. Nutqning ta’sirchanligi. Ta’sirchan og’zaki nutq yaratish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-tinglovchi e’tiborini, qiziqishini e’tiborga olib so’zlash;
-so’zlash jarayonida maqol, ibora, hikmatli so’z, ko’chimlardan foydalanish;
-oz, siqiq jumlalarda keng ma’noni ifodalash;
-vaziyatga qarab past yoki baland gapirish;
-so’zlashda, vaziyatga qarab mimika, pantomimikalardan foydalanish.


25-mashq.
Uslubiy noo’rin qo’llangan so’zlarni topib, ular o’rniga mosini qo’yib ko’chiring. 1.Yo’lga yondash daryo sharqirab oqardi. 2. Bolam katta bo’lsa, diplomat bo’ladi. 3. Viloyatimiz nufuzi ikki milliondan oshdi. 4. Qurilishdagi ishning to’xtab qolishiga ganj yetishmovchiligi sabab bo’ldi. 5. Masalaga men ko’rsatgan usul bilan yondoshish yaxshi natija garovidir.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling