1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar
- Sinekdoxa
Mavzu bo’yicha testlar:
So’zning gapdan tashqarida ifodalanadigan, nutq jarayoni-ga bog’liq bo’lmagan ma’nosi nima deyiladi? Ko’chma ma’no O’z ma’no O’zlashma ma’no O’z va ko’chma ma’no So’zning gap tarkibida boshqa so’zlar yordamida aniqlanadi-gan ma’nosi nima deyiladi? Atash O’z ma’no Ko’chma ma’no Lug’aviy ma’no Ko’p ma’noli so’zlarni belgilash uchun qaysi lug’atga murojaat qilish mumkin? Sinonimlar lug’ati Har qanday lug’atga Antonimlar lug’ati Izohli lug’at Yangi “O’zbek tilining izohli lug’ati “ necha jilddan iborat? 2 jild 4 jild 5 jild 10 jild Noo’rin qo’llangan mahalliy so’zlar, varvar, vulgar so’zlar, parazit so’zlar nutqning qaysi xususiyatiga ta’sir qiladi? Nutqning to’g’riligiga Nutqning tozaligiga Nutqning aniqligiga Nutqning ta’sirchanligiga 11-mavzu. So’z ma’nosining taraqqiyotiReja:
Metafora hodisasi. Metanimiya yo’li bilan ma’no ko’chish. Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chish. Vazifadoshlik. Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik. 1. Ikki narsa-hodisa, belgi yoki ish-harakat bir-biriga o’xshasa, birining nomi ikkinchisiga ko’chishi mumkin. O’xshashlik asosida ma’no ko’chish metafora deyiladi. Masalan, quloq so’zining asl ma’nosi “tirik mavjudotning eshitish organi”: qozonning qulog’i, radioning qulog’i kabi qo’llanishlarda metafora yo’lida (o’xshashlik asosida) ma’no ko’chish uchraydi. Insonga nisbatan ishlatiladigan bo’talog’im, qo’zichogim, toychog’im kabi qo’llanmalar ham metafora yo’lida ma’no ko’chishga misol bo’ladi. 2. Metonimiya aloqadorlik asosida ma’no ko’chish usuli hisoblanadi. Bunda ikki predmet o’rtasida hech qanday o’xshashlik bo’lmaydi. Birini nomini aytish bilan ikkinchisi tushuniladi. Misollarni kuzatamiz: Majlisga butun qishloq keldi. (“qishloq ahli ma’nosida”) Navoiyni o’qidim. (“Navoiy asarlari ma’nosida”) Bir kosa yedim. (“bir kosa ovqat ma’nosida”) Auditoriya sukutda. (“auditoriyada o’tirgan kishilar ma’nosida”) Metonimiyada nutqni tejash ustuvorlik qiladi. Masalan, “Fuzuliy asarlarini oldim qolimga” deyish o’rniga “Fuzuliyni oldim qo’limga” deb aytish ancha qulay. 3. Sinekdoxa butun va qism munosabati asosida ma’no ko’chish yo’lidir. Bunda butunning nomi qismga, qismning nomi butunga ko’chadi: 1. Hech bir inson tirnoqqa zor bo’lmasin. (“farzand ma’nosida”). 2. Fermamiz yuz boshga yetdi. (“qoramol ma’nosida”). 3. Besh qo’l barobar emas (“barmoq ma’nosida”). 4. Vazifadoshlik muayyan narsaning ma’nosini ikkinchi bir narsa bajarishi natijasida avvalgisining nomi bilan keyingisini ham ifodalashdir. Masalan, kamonning o’qi, miltiqning o’qi, zambarak o’qi. Bunda bir vazifani turli vositalar bajarib kelmoqda. O’tmishda pardan yasalgan yozuv quroliga nisbatan qalam, bugungi kundagi “o’rtasiga grafit o’rnatilgan yozuv quroliga” nisbatan ham qalam atamasi qo’llanadi. Vazifadoshlik yo’lida ma’no ko’chish nisbatan kam uchraydi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling