1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
I topshiriq. Yuqoridagi qatorni mustaqil davom ettiring.
II topshiriq. Odamzodga xos bo’lgan ijobiy va salbiy xususiyatlarni yozib chiqing. III topshiriq. O’qigan asarlaringiz qahramonlaridan birini tanlab, tanqidiy matn yarating, ijobiy va salbiy xususiyatlarini ko’rsating. Atamalar ikkiga bo’lib o’rganiladi: Ilmiy atamalar Kasbiy atamalar Ilm-fan, texnikaga oid so’zlar ilmiy atamalar deyiladi. Bular shu soha doirasida, odatda bir ma’noda qo’llanadi. Atamalar termin yoki istiloh deb ham yuritiladi. Tilshunoslikka oid atamalar: fonema, grafika, yuklama, ajratilgan bo’lak, undalma va h. k. Adabiyoshunoslikka oid atamalar: aruz, bahr, turoq, qofiya, radif, tuyuq. Kasb-hunarga oid so’zlar kasbiy atamalar deyiladi. Jamiyatda ilm-fan bilan birgalikda kasb-hunar ham mavjud. Yuzlab kasb-hunar tarmoqlari mavjud. Har birining o’ziga xos, o’z hunarlariga doir atamalari bor. Etikdo’zlik kasbiga oid atamalar: angob, loya, qolip, sog’i, betlik, poshna, charm. Tikuvchilikda: nina, ip, angishvona, tikuv mashinasi, andoza va h. k. 37-mashq. O’qing, kasb-hunarga oid so’zlarni aniqlab, ma’nosini izohlashga harakat qiling. 1. Buni sotib, charm ip, sirach, mum singari kosibchilik uchun kerakli ashyolarni oldi. (Oybek) 2. Ko’zgusini xushlamay, yerga otib tashlabdi, Angishvona, ignasin zanglar bosa boshlabdi. (M. Qo’shmoqov) 3. Ostonada munqayib o’tirgan chol yonboshiga qo’yib olgan paqirdan qiyshiq-qiyg’ir mixlarni olib, bolg’a bilan to’g’rilardi. (S. Ahmad) 4. Yo’lchi uch haftadan beri aravada gazlama tashiydi. (Oybek) 5. Boshqa bir hovlida ikki bola erinchoqlik bilan arra tortardi. (“Yoshlik”). 38-mashq. Ilm-fanga oid atamalarni topib izohlang. Qaysi fan atamasi ekanligini ayting. 1. Uyushiq bo’laklar orasida vergul yoki va ham, hamda singari bog’lovchilardan biri qo’yiladi. 2. Kichkinagina bir hikoya shunchalik azob bilan yozilsa, eng kamida qirq-ellik hikoyaga teng keladigan roman qanday yozilar ekan? (U. Normatov) 3. Kollektiv – katta kuch degan aksioma bu yerda ham o’zini ko’rsatdi. (P. Qodirov) 4. Tog’ qishloqlarining tesha tegmagan, ishonsa ham, ishonmasa ham bo’ladigan g’alati ertaklari, afsonalari bo’ladi. (H. G’ulom). Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling