1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- V topshiriq.
- Adabiyotlar
III. Zid ma’noli so’zlar bir-biriga zid, qarama-qarshi ma’noni bildiruvchi so’zlardir. Masalan: past-baland, oq-qora, keng-tor.
Odatda ikki ta so’zning zid leksik ma’no munosabati zid ma’noli (antonim) so’zlarni hosil qiladi, birini aytish bilan uning zid ma’nosi ham nazarda tutiladi. Tilda belgi-xususiyat anglatuvchi so’zlarda zidlik, qarama-qarshilik munosabati kengroq tarqalgan: uzoq-yaqin, oq-qora, och-to’q, do’st-dushman kabi. Sifat va ravishda antonimlik ko’p uchraydi. Zid ma’noli so’zlarning nutqda juft holda ishlatilishi ko’proq uchraydi, bunda so’z ma’nosi kengaygan bo’ladi, umumlashtiruvchi ma’no ifodalaydi: yaxshi-yomon, uzoq-yaqin, oq-qora, katta-kichik va boshqalar. Zid ma’noli so’zlar she’riyatda tazod san’atini yuzaga keltiradi: Sevgan ko’ngil shoh bo’lurmi va yoki gado, bila olmadim. (E. Vohidov). 34-mashq. Quyida berilgan iboralarga zid ibora topib yozing. 1. Og’zi qulog’ida – 2. Qo’y og’zidan cho’p olmagan – 3. Tili achchiq – 4. Yog’ tushsa, yalagudek – 5. Ko’ngli oq – 6. Ishqi tushdi – 7. Yuragi qisdi – 8. Mum tishlamoq – 9. Dunyodan o’tmoq – 10. Dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaslik – V topshiriq. Zid ma’noli so’zlar qatnashgan xalq maqollaridan 10 ta yozing, ma’nosini izohlang. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Ma’nodosh (sinonim) so’zlar nutqimizda qanday paydo bo’ladi? To’liq sinonimlar va ma’noviy darajalanuvchi so’zlar haqida ma’lumot bering, misollar bilan tushuntiring. Shakldosh so’zlar (omonim) haqida gapiring. Paronim so’zlarga 10 ta misol ayting. Zid ma’noli so’zlar (antonim) haqida gapiring. So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari badiiy adabiyotda qanday san’atlarni yuzaga keltiradi? Sinonim, omonim, antonim, paronim so’zlar lug’ati bilan tanishmisiz? Bu lug’atlarning ahamiyati qanday? Adabiyotlar: Abdurahmonov G’. Rustamova N. Ona tili. 11-sinf uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi”, 2004. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1974. Маьрупов З. Пароним сўзларнинг изоҳли луғати. Тошкент, “Ўқитувчи” 1974. Rafiyev A. G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили омонимларининг изоҳли луғати. Тошкент, “Ўкитувчи”, 1984. Раҳматуллаев Ш. Шукуров Р. Ўзбек тили антонимларининг изоҳли луғати. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1980. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling