II topshiriq. Yuqoridagi so’zlarda ma’noviy farqlanish seziladimi, agar bo’lsa farqlab bering, 4 ta gap tuzing.
II. Shakldosh so’zlar aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan so’zlardir.Masalan: 1) so’z-puxta, ma’qul; 2. soz – cholg’u asbobi; 3. soz – inoq, o’zaro yaqin.
Shakldosh so’zlarni ko’p ma’noli so’zlardan farqlash lozim. Ular aytilishi va yozilishi bir xilligi jihatidan o’xshash bo’lsa-da, shakldosh so’zlar ma’nosida ichki bog’lanish bo’lmaydi, ularning har biri alohida ma’noga ega bo’lgan so’zlardir. Yuqorida keltirilgan soz so’zining har biri alohida so’z hisoblanadi. Ko’p ma’noli so’z esa, o’z nomidan anglashilayotganidek, bir necha ma’nosi bo’lgan bir so’zdir. Ko’p ma’noli so’zlar anglatgan ma’nolarda ichki bog’lanish bo’ladi.
Shakldosh so’zlardan uslubiy maqsadlarda keng foydalaniladi, ular badiiy adabiyot va so’z san’atida muhim ta’sirchan vosita sanaladi. Shakldosh so’zlarni qo’llash bilan turli so’z o’yinlari, askiya, payrov, hazillar kelib chiqadi, she’riyatda tuyuq janri tuziladi. Masalan:
Har qancha bilsang ham, o’qi erta-kech,
Bilim tog’iga chiq, dengizidan kech.
Quruq savlatingga mahliyo bo’lma,
Mehnat mashaqqatsiz halovatdan kech. ( Habibiy)
Matn mazmunini ochuvchi shakldosh so’zlarning ma’nosini to’g’ri farqlay bilish muhimdir. Ma’noni to’g’ri anglay olmaslik nutqda noaniqlikka, ba’zan qo’pol xatoga yo’l qo’yish hollariga olib keladi. Bu hol, ayniqsa, shakldoshlarning boshqa ko’rinishi – paronimlar (tovush jihatdan farqli, ammo aytilishi o’xshash so’zlar)da ayniqsa yaqqol ko’rinadi.Masalan: ahil-ahl, asir-asr, diplomat-diplomant, yonilg’i-yoqilgi, asil-asr, adib-adip.
33-mashq.
Ajratib ko’rsatilgan shakldosh so’zlarning ma’nolarini izohlang.
1. Dunyoda bor ekan har narsaga chek, Bema’ni umringga bir oz qayg’u chek. (G’.G’.) 2. La’lidin jonimga o’tlar yoqilur, qoshi qaddimni jafodin yo qilur. (Navoiy).
3. Sham yanglig’ yonadur boshimda o’t,
Ko’z yoshimdin yer yuzida undi o’t.
Qon yoshim qildi yo’lingni lolazor,
Munga taqsir ayladim, qpnimdan o’t. (Navoiy)
4. Taqdiringni qo’ling bilan yoz
Mening bilan qishni qilgin yoz.
Erkinlikning osmonida uch,
Maqsad sari qanotingni yoz. (N. Nuriy)
III topshiriq. “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” (Sh. Rahmatullayev, 1984) kitobi bilan tanishing. Kam qo’llanuvchi shakldosh so’zlar lug’atini tuzing.
IV topshiriq. El, kuy, savdo, chang, palla, sandal, pasta, tom kabi so’zlarning shakldoshlik juftliklarini toping, 6 ta gap tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |