1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar


Download 451.5 Kb.
bet40/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar: hissiy-ta’siriy so’z, betaraf so’z, bo’yoqdor so’z, ijobiy bo’yoqdor so’z, salbiy bo’yoqdor so’z.


35-mashq.
Gaplarni o’qing, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning ma’no ifodasini tushuntiring.
1. Onajon, qolganlar baxtiga faqat, Olov bulg’amasa bo’ldi olamni.
(A. Oripov) 2. Va shabboda qurg’ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini.
(H. Olimjon) 3. Sut ko’r qilg’ur, haromi Gitler, oqpadar, Farzand qdrini qayerdan bilsin. (G’. G’ulom) 4. Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. (Oybek) 5. Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-ya, sallotlikdan. (G’. G’ulom).
So’zlovchingni turli hissiy-ta’siriy munosabatlarini ifodalash xususiyatlariga ko’ra so’zlar ikki turga ajratiladi. Bular betaraf so’zlar va bo’yoqdor so’zlardir.
Muayyan tushunchani ifodalab, so’zlovchining turli munosabatini bildiruvchi, qo’shimcha ma’no jilosi bo’lmagan so’zlar hissiy-ta’siriy jihatdan betaraf so’zlar hisoblanadi. Masalan, yil, kun joy, qo’shiq, kitob, tuman, yozmoq, kelmoq kabi.
Leksik ma’no bilan birga, ma’nosi anglashilayotgan narsa, belgi yoki harakat-holatga so’zlovchining turlicha munosabatlarini ham ifodalovchi so’zlar hissiy-ta’siriy jihatdan bo’yoqdor so’zlar sanaladi: Masalan, chehra, jamol, bashara, tabassum, noshud, naynov, ko’rkam, do’mboq, gazanda kabi.
Bo’yoqdor so’zlar hurmat, erkalash, xushmuomalalik, ko’tarinki ruhiyat kabi qo’shimcha ma’nolarni ifodalasa ijobiy bo’yoqdor so’z sanaladi: Masalan, ukajon, kenjatoy, fusunkor, orombaxsh, jilmaymoq kabi.
Hissiy-ta’siriy munosabat nafratlanish, mensimaslik, kinoya, qarg’ash, hurmatsizlik ma’nolarga ega bo’lgan surbet, bashara, tirjaymoq, axmoq, mijg’ov, nonko’r, kabi so’zlar orqali ifodalansa, bunday so’zlar salbiy bo’yoqdor so’zlar sanaladi.


36-mashq.
Quyida berilgan so’zlarni “betaraf so’zlar”, “ijobiy bo’yoqdor so’zlar”, “salbiy bo’yoqdor so’zlar” tarzida guruhlab chiqing.
Kitob, insofli, daraxt, mehribon, qallob, oshpaz, ziyrak, dangasa, zo’ravon, bag’ri keng, ziqna, bashara, oraz, daftar, iljaymoq, jilmaymoq, vaysamoq, o’simlik, tabiat, xushmuomala, ayyor, dono, boshlamoq, tanti, qalam, tasqara, lochin, kabutar.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling