I topshiriq. Quyidagi tayanch so’zlardan foydalanib, “Yurtim, senga she’r bittim bu kun” mavzusida matn yarating: yurtimiz tarixi, ota-bobolarimiz qoldirgan ma’naviy boyliklar, mustaqillik orzusi, 1991-yil 31-avgust, jahon xalqlari, mustaqil yo’l, farovon hayot, milliy qadriyatlar, umidli yoshlar, kelajak poydevori, rivojlangan davlat, ming yillik an’analar.
Yuqorida aytganimizdek, biror matnni qisqartirish ham o’ziga xos mas’uliyatni, izlanishni talab etadi. Buning uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo’laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish;
birikmalarni ma’nodosh so’zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig’iq gaplarga, qo’shma gaplarni sodda gaplarga, ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantirish;
matnning qo’shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallel va takrorlarni qisqartirish;
matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
birikmali sifatdosh, o’xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shakllarga keltirish;
42-mashq.
Berilgan gaplarning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartirishga harakat qiling.
1. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda-jauda inoq ekan. 2. Mening bilishimcha, bu yil bahor erta keladi. 3. Kim ko’p bilsa, u kam gap bo’ladi. 4. Bu voqea (2009-yil aprelda bo’lgan ish) hammani, jumladan, men va oila a’zolarimni qattiq taajjublantirdi. 5. Bobo shunday dedi: “Bolalarim, to’g’ri gapiring”.
43- mashq.
A.Oripovning quyidagi she’rini nasriy tarzda oldin kengaytirib, so’ng qisqartirib matn tuzing.
Qanot
Insonda qanot yo’q,
Achinmang bunga.
Zotan unga yurak – sabot berilgan.
Qushda-chi sabot yo’q shuning-chun unga
Qochib qolmoq uchun qanot berilgan.
II topshiriq. A.Oripovning “Qanot” she’rini kengaytirib, qisqartirilganda qaysi so’zlarni kiritdingiz yoki qisqartirdingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |