1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 451.5 Kb.
bet47/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Matn nima?

  2. Dialog matni haqida gapiring.

  3. Monolog (tavsifiy) matn xususiyatlari haqida gapiring.

  4. Partadosh do’stingiz bilan biror bir mavzuda dialogik matn tuzing.

  5. Gaplar orasida ma’nodoshlikni tushuntiring.



Adabiyotlar:

  1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.

  2. 2. Toshev I. Maktabda qo’shma gapni o’qitish. O’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent, 2005.

  3. Mahmudov N. va b. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. . Toshkent, “Tasvir”, 2006.

Mavzu bo’yicha testlar:

1. Ma’lum voqelik haqida tasavvur beruvchi, bir yoki bir necha sintaktik birlikdan tashkil topgan nutqiy birlik nima deyiladi?
A) gap
B) matn
C)so’z birikmasi va gap
D) so’z
2. Dialogik matnga asosan qanday gaplardan foydalaniladi?
A) darak gap
B) so’roq gap
C) buyruq gap
D) darak gap, istak gap
3. Monolog (tavsifiy) matn asosan qaysi uslubga xos?
A) ilmiy uslub
B) badiiy uslub
C) publisistik uslub
D) A,B,C
4. Qo’shma gapning qaysi turlari o’zaro ma’nodosh bo’la oladi?
A) faqat bog’langan va ergash gapli qo’shma gap
B) bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gap
C) bog’langan,bog’lovchisiz va ergash gapli qo’shma gap
D) qo’shma gaplar o’zaro ma’nodoshlikka kirishmaydi

16-17 mavzu: Matnni kengaytirish va qisqartirish yo’llari


Reja:


  1. Matnni kengaytirish va qisqartirishdan ko’zlangan maqsad.

  2. Matnni kengaytirish yo’llari.

  3. Matnni qisqartirish yo’llari.

Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: kengaytirilgan matn, tayanch so’zlar, qisqartirilgan matn.
Muayyan bir matnni kengaytirish yoki qisqartirib, xoh og’zaki, xoh yozma bayon etish o’ziga xos ijodiy saviyani talab etadi. Bunda o’quvchi o’ylashga, fikrlashga zarurat sezadi. Natijada o’y-tasavvuri, fikri charxlanadi.
Tavsifiy matnlar (insho, maqola, matn, bayon, adabiy portret va b.)ni kengaytirish yoki qisqartirib bayon etish imkoniyati mavjud.
Matnni kengaytirish quyidagi yo’l va vositalar bilan amalgam oshiriladi:

  • matnning bosh fikri, g’oyasini shakllantiruvchi tayanch so’z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog’liq holda o’z mustaqil ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo’shish;

  • matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;

  • gapni uyushiq bo’laklar, kiritmalar, ajratilgan bo’laklar hisobiga kengaytirish;

  • so’z va birikmalarning ma’nodoshlari – tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish;

  • sodda gapni qo’shma gapga, qo’shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;

  • asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo’shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog’lab kiritish;

  • matnning kirish, xulosa qismlarini o’z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to’ldirish;




Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling