57-mashq.
Matnni o`qing. Aralash murakkab qo`shma gaplarni aniqlab yozing. Tarkibidagi sodda gaplarni va ularning o`zaro qanday vositalar yordami bilan bog`langanini belgilang.
1.Hovlida qarindosh-u qo`ni-qo`shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to`la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o`tirishadi, bolalarning qo`llarida esa yog`och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. (Ulug`bek Hamdam) 2. Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvidir, inson bu maqsadni o`zining oliy g`oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt-saodatga erishadi. (Farobiy)
3. Esida bor: otasi bilan mana shu o`rindiqqa o`tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo`rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko`zlarini yumib oldi. (Tog`ay Murod)1
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Aralash murakkab qo`shma gap qanday hosil bo`ladi ?
Aralash murakkab qo`shma gaplar qanday bog`lovchilar bilan keladi ?
Aralash murakkab qo`shma gaplarning nutqdagi ahamiyati qanday?
Aralash murakkab qo`shma gaplar qaysi uslublarda uchraydi ?
Adabiyotlar:
1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.
2. Toshev I. Maktabda qo’shma gapni o’qitish. O’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent, 2005.
3. Mahmudov N. va b. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. Toshkent, “Tasvir”, 2006.
Mavzu bo`yicha testlar:
1.Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Ushbu gapdagi sodda gaplar qanday bog`langan ?
A)1- va 2-sodda gap ergashish asosida, 2- va 3-sodda gap bog`lovchisiz bog`langan.
B)1- va 2-sodda gap bog`lovchisiz, 2- va 3-sodda gap bog`langan qo`shma gap.
C) 1- va 2-sodda gap ergashish asosida, 2- va 3-sodda gap bog`langan qo`shma gap.
D)1- va 2-sodda gap bog`langan qo`shma gap, 2- va 3-sodda gap bog`lovchisiz bog`langan.
2. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko`zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek) Mazkur gap murakkab qo`shma gapning qaysi turi ?
A) bir necha ergash gapli qo`shma gap
B) bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
C) aralash murakkab qo`shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo`shma gap
3.Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. Birinchi sodda gap tarkibidagi “u” haqidagi qaysi fikr to`g`ri ?
A) zidlov bog`lovchisi
B) kuchaytiruv yuklamasi
C) biriktiruv bog`lovchisi
D) undov so`z
Do'stlaringiz bilan baham: |