49-mashq.
Matnni o`qing. Murakkab qo`shma gaplarni ajratib yozing. Tarkibida nechta sodda gap borligini va ular o`zaro qanday bog`lovchi vositalar yordamida bog`langanini aniqlang.
London universiteti qoshidagi kollej olimlari shuni aniqladilarki, biron-bir tilni bilish nafaqat miya to`qimalarini harakatga keltiradi, balki uning tuzilishini ham o`zgartiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi. Bu tadqiqot miya til o`rganish orqali ham o`zgarishini isbotlamoqda. (“Fidokor” gazetasidan)
50-mashq.
Uyga vazifa. Bir necha ergash gap ishtirok etgan uchta murakkab qo`shma gap yozing. Ergash gaplarning bosh gapga qanday vositalar yordamida bog`lanayotganini aniqlang.
51-mashq.
Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibida qanday bosh gaplar mavjudligini aniqlang.
1. G`anim kelsa, xonumoni kul bo`lur, o`z yurtida pachaqlash ma’qul bo`lur. (G`afur G`ulom) 2. Boshimda o`ynar qamchilar, qon ko`zimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. (Komil Yashin) 3. Qo`shnilarning ko`nsa, hammalaring yerlaringni qo`shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman. (Abdulla Qahhor) 4. Bu gap kutilmagan bo`lsa ham, Mirhamidxo`janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho`qqi soqoli xiyol titradi. (Abdulla Qahhor)
52-mashq.
Matinni o`qing. Murakkab qo`shma gaplarni topib, tarkibida qanday qo`shma gaplar mavjudligini aniqlang.
1.Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizni burchimiz. (J.Yusupov) 2. Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, tanasiga quvvat yuguradi. (Oybek) 3. Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu-mening eng katta yutug`imdir, insonlarrga tekkan eng katta foydamdir. (Q.Ergasheva) 4. Chindan ham, odam yurakdan yayrab kulsa, sog`ligi yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G`afur G`ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: |