1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


O’qituvchi: Men aytgan so’zlarga ma’nodosh bo’luvchi qo’shimchalar toping. Somsachi … O’quvchi


Download 451.5 Kb.
bet60/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

O’qituvchi: Men aytgan so’zlarga ma’nodosh bo’luvchi qo’shimchalar toping. Somsachi …
O’quvchi: somsapaz
O’qituvchi: sutli
O’quvchi: sersut
O’qituvchi: mardona
O’quvchi: mardlarcha.
Shu tarzda chorvachi, serharakat , adabiyotchi va h.k. so’zlar o’quvchilar hukmiga havola qilinadi. Ular orasidagi nozik ma’no farqlanishlar tahlilga tortiladi. Zid ma’noli qo’shimchalar ham mana shu usulda topiladi.
O’qituvchi: Juda yaxshi. Sinonimlik, antonimlik hosil qiluvchi qo’shimchalarni eslab oldik. Bahongiz a’lo:

Aziz o’quvchi-talabalar. Siz bilasizki, nutqimizni bezab turgan til hodisalaridan yana biri frazeologik iboralardir. Bir umumiy ma’noni ifoda etuvchi bir necha iboraga nisbatan frazeologik sinonimlar deyiladi. Bular tilimizni yana ham boyitishga xizmat qiladi. (Misollar keltirilib, o’qituvchi tomonidan o’qiladi, yoki jadvaldan ko’rsatiladi ,ma’nosi o’quvchilardan so’raladi)


Masalan:
1. Og’zi qulog’iga yetmoq, boshi osmonga yetmoq (quvonch).
2. Og’zi ochilib qolmoq, yoqasini ushlamoq (hayratlanish).
3. Dili siyoh bo’lmoq, yurak bag’ri qon bo’lmoq , o’pkasi to’lmoq , yuragiga qil sig’maslik (xafalik).
4. Yuragi orqasiga tortib ketmoq, yuragi chiqib ketmoq, o’pkasi yorilmoq (qo’rqinch).
5. O’zini qo’ygani joy topolmaslik , yuragiga g’ulg’ula tushmoq (bezovtalik).
Berilgan frazeologik sinonimlar o’rnini almashtirib ishlatib ko’rish, zid ma’noli iboralarnning mosini tanlasah va izohlash o’quvchilarga topshiriq qilib beriladi.
Masalan: Tegirmonga tushsa, butun chiqadigan – qo’y o’g’zidan cho’p olmagan.
Sehrli kitob” mushohada maydoni
Men bir kitob badiiy asar haqida o’yladim. Kitobni ko’z oldimga keltiruvdim. Asarning qahramonini o’ylab yurak-bag’rib ezildi. O’z yog’ida o’zi qovurilgan, ichini it tirnagan, yuraklari sim-sim oqqan ikkinchi qahramonga ham oson bo’lmadi. Peshonasiga taqdir qismati bitgan yoziqning qurboniga aylangan bu qahramonlar kim edi? (A.Qodiriy)
“O’tkan kunlar” dan olingan parchadagi frazeologik iboralar o’quvchi talabalar tomonidan topiladi va izohlanadi.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling