1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- tikanzor
III.Yangi mavzu bayoni.
Sinonim va antonim so’zlar tilimizda mavjud bo’lgan qadimgi hodisalardan biri hisoblanadi. Sizlar ta’limning quyi bosqichlarida mazkur hodisalar bilan tanishgansiz. Ma’lumki,ona tilida so’zning ma’nodoshlari ko’payib borgani sari tilning imkoniyatlari ham ortib boradi. Sinonimlarning yuzaga kelishida so’z o’zlashishi asosiy omil hisoblanadi.Yetuk, barkamol, raso sinonimik qatordagi yetuk so’zi turkiy bo’lib, qolgan ikki s’z o’zlashgan. Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish hisobiga sinonimlar yuzaga kelsa, tashqi omil asosida sinonimning paydo bo’lishi deb qaraladi. O’zbek tili shevalaridagi so’zlar, shuningdek, yasama so’lar ma’nolari teng kelishi asosida sinonimlar paydo bo’lishi ichki omil hisoblanadi: yozmoq, bitmoq va b. Zid ma’noli so’zlarga nisbatan antonim termini qo’llanadi. Antonimlik asosan belgi bildiruvchi so’zlar (sifat, ravish)da kuzatiladi. Biroq ot (do’st – dushman, jannat – do’zax, yer – osmon ), fe’l (yig’lamoq – kulmoq, o’lmoq – tirilmoq, kelmoq – ketmoq) turkumida ham antonimlik uchrab turadi. Antonim so’zlar adabiyotga tazod san’atini yuzaga keltiradi. Shu o’rinda E. Vohidovning “ Barcha shodlik senga bo’lsin” she’ridan foydalanish mumkin. O’qituvchi : Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam , zorlik menga Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga. Ol o’zing koshonalarni Menga qo’y mayxonani. Barcha hushyorlik senga-yu, Barcha xumorlik menga. Senga bo’lsin nurli kunduz, Menga qolsin qora tun. Barcha gulshan sega bo’lsin, Bor tikanzor menga Sen shahanshohlikni olgin, Menga qullik bo’lsa bas Bor jafokorlik senga-yu, Bor vafodorlik menga. Mayli, ostonangda yotsam, Mayli,quvsang tosh otib. Bor dilozorlik senga-yu, Bor dilafkorlik menga. Senga she’rni bitsin Erkin, Yirtib otmoq o’z ishing. Kasbi inkorlik senga-yu, Aybga iqrorlik menga. 1-topshiriq. Sheriy matndan antonim so’zlarni aniqlab, yozib oling. 2-topshiriq. Belgilangan antonim so’zlarning ma’nosini izohlang. O’quvchi-talabalarga ko’chma yozuv taxtasida sinonimlik buzilgan tartibda berilgan so’zlar guruhi havola qilinadi. Namuna: Ko’p, ayb, bahs, sovg’a, bexosdan, mo’l, tanqis, osmon, uy, odim, ko’k, kulba, bahor, yashirin, ancha, hadya, o’g’rinchi, talay, pinhona, munozara, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv, armug’on, taqchil, xufiya, maxfiy, falak, qasr, qadam, ko’klam, jo’rttaga, birdan. 3-topshiriq. Sinonimlar lug’atidan foydalanib, manodosh so’zlar qatorini shakillantiring. 4-topshiriq. Sinonimlik qatordagi bosh so’zni topib, qolgan so’zlarnig uslubiy farqlanishini tushuntiring. Keyingi etapda “Quruvchi”o’yinidan foydalanish mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad manodosh va zid ma’noli so’zlarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni topishdir. O’quvchilar mos qo’shimchalar bilan yangi so’zlar quradilar. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling