1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet58/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

I. Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: sinfni darsga tayyorlash:

  1. salomlashish;

  2. navbatchi hisoboti;

d ) jurnalni reja asosida to’ldirish.
Manaviyat daqiqasida o’quvchi-talabalar eng so’nggi yangiliklardan xabardor etiladi.
Dars mashg’uloti “Mening so’zim’’ ta’limiy o’yini bilan boshlanadi. Bu o’yin o’quvchi-talabalarni darsga tayyorlash , fikrini jamlab olish maqsadida tashkil qilinmadi. O’yin shartiga ko’ra uch guruhga bo’lingan o’quvchi-talabalarga o’qituvchi tomonidan tilshunoslik terminlari aytiladi (masalan, fonema, polisemiya, undalma va h.k.). Har bir guruh (1-guruh “Leksikologiya”, 2- guruh “Morfologiya “ 3- giruh “Sintaksis “) o’quvchi-talabalar o’zlariga oid terminlarni topishlari va izohlashlari lozim bo’ladi.
Namuna: Undalma sintaksisga oid atama hisoblanadi. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsaga nisbatan aytiladi . Undalma bosh kelishikda bo’ladi va x.k. Misol: Do’stim , menga kitobingni berib tur.


II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifa nazorati.
O’qituvchi o’tilgan mavzuni so’rab, uyga vazifani bajarilishini tekshirib chiqadi.
O’tilgan mavzu “So’z ma’nosining taraqqiyoti” bo’lib, u “Birlashgan o’zar” ta’limiy o’yini bilan davom ettiriladi.
Shartga asosan o’tilgan mavzu yuzasidan 1-o’quvchi aytgan fikrni 2-o’quvchi davom ettiradi. Bunda ikkita-ikkita bo’lib,bahsga kirishiladi.
O’qituvchi: Metafora?
1-o’quvchi: Ma’no ko’chishning keng tarqalgan bir turi.
2-o’quvchi: Metaforada o’xshashlik asosida ma’no ko’chish yuz beradi.
1-o’quvchi: Metafora usilida ma’no ko’chish ko’proq ot so’z turkumida kuzatiladi.
2-o’quvchi: Ko’chishning bu turi, adabiyotda tashbih san’atini yuzaga keltiradi.
Bahs shu tarzda davom ettiriladi.Kim fikrni davom ettirolmasa, mag’lub sanaladi.Ma’no ko’chishning boshqa turlari ham shu usulda so’rab olinadi va mustahkamlanadi.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling