1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini o’tishda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini o’tishda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanishOna tili dars mashg’ulotlarida so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarining lisoniy tabiati o’rgatilar ekan , mazkur til hodisalarini o’quvchi-talabalara o’rgatishda har tomonlama qulay usullar (qiziqarli ta’limiy o’yinlar, boshqotimalar noan’anaviy dars ko’rinishlari va mashqlar tizimi)dan foydalaniladi. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarining mazmuni va mundarijasi amaldagi ona tili darsliklarida o’z ifodasini topgan bo’lsa-da, o’qituvchi dars samaradorligini oshirish maqsadida faqatgina berilgan mashq va topshiriqlar tizimi bilan cheklanib qolmasligi lozim. Bunda qo’shimcha manbalardan keraklicha foydalanish, xususan, o’qituvchining ijodkorlik va tadbirkorligi har o’rinda zarur bo’ladi. Mazkur til hodisalarini o’tishda quyidagilarga amal qilinsa, foydadan xoli bo’lmaydi: 1. Sinonim, antonim, omonim, paronim mavzusini sahna asari tarzida tashkil etish. (sahna orqali ko’rsatiladigan kichik badiiy ko’rinish.) Bunga o’qituvchi-talabalar bevosita asar qahramonlariga aylanadi. O’z nutqida sinonim, antonim, omonim, paronim so’zlardan foydalanadi.(Qarang: Yuldashiva N. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinonimlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o’qitish metodikasi. ND, Toshkent, 2002.) 2. So’zning shakl va ma ‘no munosabatiga ko’ra turlari ,lozim topilsa , ertak usulida (Bor ekan-da , yo’q ekan … ertakni o’quvchi-talabalar mustaqil yozma ravishda davom ettiradi. So’zning ma’nodoshlaridan foydalanish nazarda tutiladi) yoki sirtqi sayohat darslari tashkil etiladi. (Mirhabibova N. ,,O’simlik otlari ’’mavzusi bo’yicha darsda interfaol usullarni qo’llash. Til va adabiyot ta’limi. 2006, 1- son) 3. So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini bahs- munozara usulida o’rgatish. (Muammoli vaziyat yaratish, O’quvchi-talabani o’ylash, fikrlashga undash) 4. Sinonim, antonim, omonim, paronim so’zlarning badiiy adabiyotga tutgan mavqei, badiiy san’atlar yaratishdagi o’rniga alohida ahamiyat berish, shu asosda darsni tashkil etish. (Keldiyorova G. Ona tili darslarida she’riy matnning lisoniy tahlili (antiteza misolida).Til va adabiyot ta’limi. 2000, 3-son.) 5. So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini maktub darslar orqali o’qitish. (Yusupova Sh. Til va adabiyot ta’limi. 1999, 3-son) Davlat ta’lim standarti (DTS) asosida yaratilgan dastur va darsliklarda o’tilishi lozim bo’lgan mavzular shunchaki berilmaydi. Unda mazkur mavzuni qaysi usullar bilan o’rgatish, muayyan hodisani o’quvchi ongiga turli metodlarda singdirish hamda hayotga tatbiq etish yo’llari ham bayon etilishi lozim. Ko’rinadiki, so’zning shakl va ma’no munosabatlarini o’tish davomida har bir dars mashg’uloti o’zaro uzviy bog’liqlik asosida o’tilsa, biri ikkinchisini to’ldirsa, zamonaviy texnologiyalar asosida boyitilsa , o’quvchi -talabaning ona tili faniga bo’lgan qiziqishi yana-da ortadi , til hodisalari ongida bir umrga muhrlanib qoladi, o’z o’rnida ulardan foydalanishga zamin yaraladi . ,,Har bir darsda so’z va uning ma’nosini chuqur o’rgatishga e’tibor berish lozim …Nutq o’stirish uchun jiddiy imkoniyat, yo’riq bo’lishi kerak. So’z qashshoqligi kasalini davolamay turib , o’quvchi nutqini o’stirib bo’lmaydi , buning uchun so’zning semantik guruhlari ustida ishlash, so’z ma’nolarini izohlash, sinonim , antonim so’zlarni qo’llash kabi amaliy ishlarga ko’proq e’tibor berish joiz “(I.Madaliyev) …Bir xil fikrni turli shakllarga bayon qilish, fikrni bayon qilish uchun zazur tasvir vositalarini tanlashga e’tiborni kuchaytirish lozim …Bolalar ona tili mashg’ulotlarida berilgan so’zlar uyasini davom ettirish , so’zlarni ularning ma’nodoshlari ,uyadoshlari va qarama - qarshi ma’nolari bilan almashtirish, so’z ma’nolarini sharhlash kabi topshiriqlarni ko’proq bajarishlari lozim. So’zlar yordamida gap va matnlar tuzilishiga o’xshash mustaqil amaliy ishlar bilan ko’proq shug’ullansalar, ayni muddao bo’lar edi”. (M.Jalilova) Xullas, ta’lim turlarining turli bosqichlarida o’quvchi-talabalarining yosh xususiyati inobatga olinib, mashg’ulotlarni tashkil etish ko’zlangan maqsadni beradi. Bunga o’qituvchidan o’ta sezgirlik, vaziyatini o’z o’rnida to’g’ri baholay olish, tadbirkorlik, ijodkorlik talab etiladi . Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling