1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet53/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

53-mashq.
Kochiring. Murakkab qo`shma gap tarkibida sodda gaplarni va ularni o`zaro bog`lovchi vositalarni aniqlang.
1. Shu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydi. 2. Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. 3. Shirinsuxanlik shunday boylikki, u senga obro` keltiradi, u orqali bitmagan ishlaring bitadi, do`stlaring ko`payadi. 4. Kimki umid bilan daraxt o`tkazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig`il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog`diradi. 5. Kimning qalbi pok bo`lsa, uning ishlari o`z-o`zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo`ladi.


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gaplar qanday hosil bo`ladi ?

  2. Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gaplarda qanday tinish belgilar va bog`lovchi vositalar bo`ladi ?

  3. Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gaplar qanday hosil bo`ladi ?

  4. Ergash gapli murakkab qo`shma gaplar asosan qaysi uslubda qo`llanadi ?

  5. Ergash gapli murakkab qo`shma gaplarning o`ziga xos xususiyati nimada deb o`ylaysiz ?



Adabiyotlar:
1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.
2. Toshev I. Maktabda qo’shma gapni o’qitish. O’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent, 2005.
3. Mahmudov N. va b. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. . Toshkent, “Tasvir”, 2006.
Mavzu bo`yicha testlar:

1.Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gapni toping.
A) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
B) Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordam berasan.
C) Reja bajarilsa, dasturxon mo`l bo`lsa, yor-u do`st, birodarlar qalin bo`lsa, tantanalar qishgacha davom etardi.
D) B, C
2. Tol ekdik suv bo`yiga, Soya salqin bo`lsin deb, G`yrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb (Qo`shiq). Ushbu gap murakkab qo`shma gapning qaysi turiga mansub ?
A) bir necha ergash gapli qo`shma gap
B) bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
C) aralash murakkab qo`shma gap
D) qisimlari uyushgan murakkab qo`shma gap
3. Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog`ligi yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G`.G`.)
A) bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap
B) bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
C) aralash murakkab qo`shma gap
D) qisimlari uyushgan murakkab qo`shma gap


Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling