1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
- I topshiriq.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Matnni kengaytirish yoki qisqartirishning ahamiyati nimada? Matnni kengaytirish uchun qanday amallarni bajarish kerak? Matnni qisqartirish yo’llarini ayting. O’ta qisqa jumlalarda keng fikrni bera olgan adiblardan kimlarni bilasiz? Misollar bilan tushuntiring. O’qituvchi tavsiya etgan matnni avval kengaytirib so’ng qisqartirib, og’zaki matn tuzing. Adabiyotlar: 1. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009. 2. Toshev I. Maktabda qo’shma gapni o’qitish. O’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent, 2005. 3. Mahmudov N. va b. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. . Toshkent, “Tasvir”, 2006. 18-mavzu: Murakkab qo`shma gap haqida ma’lumotReja:
2. Murakkab qo`shma gaplarning turlari. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: qo`shma gap, qo`shma gap turlari, murakkab qo`shma gap. Qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: Bog`langan qo`shma gap. Ergashgan qo`shma gap. Bog`lovchisiz qo`shma gap. Murakkab qo`shma gap. Ko`chirma gapli qo`shma gap. Siz quyi sinflarda qo’shma gap haqida umumiy ma’lumot olgansiz. Murakkab qo`shma gaplar ham qo`shma gapning bir ko`rinishi bo`lib, turli bog`lovchi vositalar yordami bilan o`zaro bog`langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi hisoblanadi. Murakkab qo`shma gaplar to`rt guruhga bo`linadi: Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap; Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap; Aralash murakkab qo`shma gap; Qisimlari uyushgan murakkab qo`shma gap. I topshiriq. Berilgan gap qisimlarini aniqlang. Ularning o`zaro qanday bog`lovchilar bilan bog`langanini ayting. Elmurod avvalgidan ko`ra ancha yengillashgan, ammo boshi hamon og`riydi, chakkalari lars-lars uradi. (Sh.) 44-mashq. Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ular qanday vositalar yordamida bog`langanligini izohlang. 1. Kim o`ylasa ona yerini, vatanim deb kim mehnat qilsa, shu baxtiyor xalq taqdirini o`zi uchun taqdir deb bilsa, unda inson fazilati bor. (T.Fattoh) 2. Kamtar bo`lsang, obro` ortar; gerdaysang, ensa qotar. (Maqol) 3. Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko`payadi. (A.Q.) 4. Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovvullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o`ralgani uchun qilt etgan shabada yurmaydi. (M.Hazratqulov) 5. Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. (Fitrat) 45 -mashq. Quyida berilgan misollardan murakkab qo`shma gaplarni ajratib yozing. 1. Mashina katta yo`lga chiqib, bekat ko`zdan g`oyib bo`lganda, shamol yana kuchaydi. (R.F.) 2. Feruza uning jovdirashlariga ko`pda e’tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko`ydaligini darrov bilib oladi. 3. Bemor o`z tabibini, dushman deb bilsa, bola muallimiga adovat qilsa, ular o`z joniga aslida yovdir, aql-u jon yo`liga o`zlari g`ovdir. (A.Jomiy) 4. Shunday odamlar borki, ularning nomi hamma vaqt insoniyat xotirasida saqlanib qoladi. 5. Yuzda tabassum o`chmasin uchun, salomlar aliksiz qolmasin uchun, insof daftariga qo`ydim imzo. (G`. G`ulom) Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling