III topshiriq. O’zingiz yoqtirgan badiiy qahramon yoki aktyorning qiyofasini va tabiatini tasvirlab matn tuzing.
IV topshiriq. Berilgan matn parchalarini o’qing, ular tavsifiy matnning qaysi shakllariga xosligini aniqlang, mazmun jihatdan bayon usuli qanchaligini belgilang va shular asosida farqlarini izohlang.
“…Shunday qilib, til juda katta ma’rifiy ahamiyatga ega ekan. Ammo tilning ahamiyati bu bilan tugamaydi. Uning juda ulug’ badiiy ahamiyati ham bor. Tilning badiiy imkoniyati cheksizdir. Til imkoniyatining cheksizligi va ahamiyatining nihoyatda ulug’ligini uning ham moddiy, ham ma’naviy olamni qamrab olganligidadir.”
A. Rustamov
“…Cho’lpon o’rta bo’y, to’lachadan kelgan, doimo yumaloq gardishli oddiy ko’zaynak taqib yuradigan odam edi. U juda serandisha, odamlarga bexosdan ozor berib qo’yishdan cho’chiydigan, ko’ngilchan va chinakam shoirona tabiatga ega edi. Arzimagan narsaga xunobi ciqib, fig’oni falakka yetar, asabiylashar, yana arzimagan sabab bilan kayfiyati joyiga kelib qolardi.”
M.Burxonov
Sodda gaplar orasida ham qo’shma gaplar orasida ham o’zaro ma’nodoshlik kuzatiladi. Ma’nodoshlikka kirishgan gaplarda nozik ma’no farqlanish kuzatiladi:
Ona bolasi uchun qayg’uradi – Ona bolam deb qayg’uradi.
Bu kitobni o’qi – Bu kitobni o’qimay qo’yma.
Qo’shma gap qismlarining bog’lovchi vositalari ham o’zaro o’rin almashishi , bunda o’ziga xos ma’no mazmun ifodalashi mumkin:
Buvim keldilar, uyimiz nurga to’ldi.
Buvim keldilar va uyimiz nurga to’ldi.
Buvim keldilar-u, uyimiz nurga to’ldi.
Buvim keldilar, natijada uyimiz nurga to’ldi.
Buvim keldilar, shu sababli uyimiz nurga to’ldi.
V topshiriq. Ma’nodoshlikka kirishgan sodda va qo’shma gaplarga misol yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |