1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


-mavzu: Ifoda aniqligi – fikr ravshanligi


Download 451.5 Kb.
bet43/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

14-mavzu: Ifoda aniqligi – fikr ravshanligi


Reja:


  1. Gap – sintaksisning asosi.

  2. Gapga xos xususiyatlar

  3. Gapni shakllantiruvchi sintaktik aloqa vositalari.



Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: so’z birikmasi, gap, ohang butunligi, grammatik shakllanish.


39-mashq.
Gap tarkibidagi so’zlarni bog’lab turgan vositalarni aniqlang.
1. Boboxon goh o’chirg’ichga, goh bug’doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga, goh Tal’atga qarab hang-mang bo’lib qolgan edi. (O’. Usmonov) 2. Zamonaviy bilimga ega odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. 3. Bilmaslik ayb emas, bilmaslikni bo’yniga olmaslik ayb. 4. Boshqalar qalbiga yaxshilik urug’ini ekkan odam chinakkam insondir.

Tugallangan ohang va fikrga ega bo’lib, grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so’z yoki so’zlar yig’indisi gap deb ataladi. Gap fikrni ifodolovchi birlik sifatida matnning eng kichik ko’rinishi hisoblanadi.


So’z va so’z birikmalari muayyan grammatik shakllar, ohang va tartib bilan mantiqiy jihatdan bog’langan tarzda gapni shakllantiradi. Demak, gapga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilar:

    1. Gap biror-bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni, buyruqni ifodolovchi asosiy sintaktik butunlik.

    2. Gap so’z va so’z birikmalaridan iborat bo’lib, fikr ifodalaydi.

    3. Gap mazmunan(mantiqan) va grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan bo’ladi.

Izoh: 1. Qish kelib, o’riklar gulladi. 2. Otam uyga edilar. Birinchi gap mantiqan noto’g’ri bo’lsa, ikkinchi gap grammatik jihatdan noto’g’ri shakllantirilgan. Ikkinchi gapda -ga jo’nalish kelishigi o’rnida - da o’rin-payt krlishigi bo’lishi kerak.

    1. Gap uchun asosiy xususiyatlardan biri ohangdir. Ayrim so’zva so’z birikmalarini tugal ohang bilan aytsak, gap hosil bo’ladi(Bahor. Ko’m-ko’k dala)

    2. Ayrim gaplarning ohangini o’zgartirish orqali har xil mazmun ifodalashi mumkin:

  1. Do’stlarimiz keldi.

  2. Do’stlarimiz keldi!

  3. Do’stlarimiz keldi?

    1. So’z tartibini o’zgartirish orqali ham gap hosil bo’lishi mumkin: Katta bino – bino katta, musaffo havo – havo musaffo.

    2. Ayrim gaplarni ohangini o’zgartirish mazmuniga ham ta’sir ko’rsatadi:

  1. Ko’p //bolali ayol Ko’p bolali// ayol.

  2. Katta-katta mevali// daraxt Katta-katta// mevali daraxt.

  3. Baland boloxonali uy - Baland boloxonali//uy.

    1. Gapda so’zlar quyidagi vositalar orqali o’zaro bog’lanib, sintaktik aloqaga kirishadi:

  1. Otga xos egalik, kelishik qo’shimchalari.

  2. Fe’lga xos zamon, mayl, shaxs-son qo’shimchalari.

  3. Ko’makchi, bog’lovchi.

  4. Bog’lamalar (-dir, hidoblanadi, sanaladi, edi, ekan, emish va h.k.)

  5. Ohang.

  6. Tartib.

40-mashq.
Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchalar yoki yordamchi so’zlarni qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. Ular… har bir o’t ichi… yuksak harbiy mahorat ko’rsatgan safdoshlari … nomlari… bilish… oshiqardilar. 2. Til jamiyat… eng muhim aloqa qurolidir. 3. Shoir kovushi … loy qilmaslik …, chet .. ehtiyotlik… yurib ketdi. 4. San’atkor kishilar … ta’sir etishi uchun u … o’zi izlanuvchan, asari… izlanish… iboart bo’lishi shart.(L.Tolstoy)



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling