1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
-mavzu: Ergash gapli murakkab qo`shma gaplar
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
19-mavzu: Ergash gapli murakkab qo`shma gaplarReja:
2.Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: bir necha ergash gapli qo`shma gap, bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap. Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bunday qo`shma gapga bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap deyiladi. Masalan: Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo`lsin, turmushimiz farovon bo`lsin, mustaqilligimiz barqaror bo`lsin.(O.Sharafuddinov) Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo`lgan qo`shma gaplar bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap hisoblanadi. Masalan:O`zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug`, iqboli balandki, ularning O`zbekistondek jannatmonand yurti bor.(A.Suyun) 46-mashq. Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini va ularning o`zaro qanday bog`langanini aniqlang. 1. Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo`lsa, har kim o`z haqini tanisa va o`zini-o`zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo`lamiz. 3. Kimning bilagida kuchi bo`lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa o`sha zarbdor bo`ladi.(Abdulla Qahhor) 4. Tol ekdik suv bo`yiga, Soya salqin bo`lsin deb, G`ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb.(Qo`shiq) 47-mashq. Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibida nechta ergash gap mavjudligi va ularning qanday ergash gap ekanligini aniqlang. 1.Shunday bo`lmog`iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o`sib-ulg`aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo`lday ayon edi. (Murod Muhammad Do`st) 2. To`g`risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqardi, doim bu oqil odamga munosib bo`lishga tirishar edi. (M.Hazratqulov) 3. Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e’tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag`ishlaydi. (Qamchibek Kenja) 4. Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o`zini salqinga oldi. (M.Pirmatov) 48-mashq. Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub hikmatli so`zni o`qing, uning mazmuni to`g`risida bahslashing. So`ng shu qolipda murakkab qo`shma gaplar tuzing. Bilim shundayki, u yalang`och bo`lganingda ham o`zing bilan qoladi, hammomga kirganingda uni suv ham yo`qota olmaydi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling