Namunaviy dars ishlanmasi
Mavzu: Sinonim, antonim so’zlar
Darsning ta’limiy maqsadi:
Sinonim va antonim so’zlarining lisoniy tabiati haqida ma’lumot berish.
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchi-talabalarni o’zaro mehr-oqibat, ahillik, ma’rifatparvarlik, axloq-odob ruhida tarbiyalash; til birliklarining rang-barang ma’nolarini ochib berish orqali o’z ona tilisiga nisbatan g’ururlanish, faxrlanish hissini uyg’otish.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchi-talabaning dunyoqarashini, og’zaki va yozma nutqini o’stirish, til imkoniyatlaridan kengroq foydalana olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars usuli: qayta xotirlash, muammoli o’qitish, qisman izlanuvchanlik, ijodiy usullardan foydalanish.
Qollaniladigan interfaol usullar : savol - javob , “ Mening so’zim”, ” Quruvchi” , “Sehrli kitob” o’yinlari .
Dars shiori :So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor. (Maqol)
Dars jihozi: yozuv taxtasi , darslik , tarqatma materiallar, lug’atlar kodoskop .
Foydalanilgan adabiyotlar:
Hojiyev A. O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati . Toshkent , “O’qituvchi” , 1974.
Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 2-bosqich talabalari uchun darslik. Toshkent , “Sharq” , 2002.
Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot . Akadamik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun darslik . Toshkent, “Sharq” 2009.
Raxmatullayev Sh., Shukurov P. O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati . Toshkent , “O’qituvchi”, 1980.
Yo’ldosheva N. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinonimlarni yangi pedagogik texnalogiya asosida o’qitish metodikasi. ND, Toshkent , 2002.
G’ulomov A. , Qobilova B. Nutq o’stirish mashg’ulotlari. Metodik qo’llanma. Toshkent , “O’qituvchi “ , 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |