IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchi-talabalarga slayd taqdim etiladi. 1-slaydda sinonimlar noo’rin qo’llangan 5-6 ta gap berilgan bo’ladi. Noo’rin qo’llangan sinonim so’z qora harflar bilan yozilgan bo’ladi. Masalan: Biz oftobli yurt farzandlarimiz.
2-slayd: Zumrad va Qimmatni eslatuvchi surat namoyish etiladi. O’quvchi-talabalardan Zumrad va Qimmatning bir-biriga zid xususiyatlarini topib yozish so’raladi. Qaysi guruh ko’p so’z yozgan bo’lsa, o’sha g’olib sanaladi.
Masalan: Zumrad – oqila, go’zal, xushmuomala, mehribon, rahmdil …
Qimmat – beshafqat, xunuk, ochko’z, berahm …
3-slayd: Berilgan iboralarning sinonimlarini topish, izohlash, agar antonimi mavjud bo’lsa, topish, gap tuzish.
1-savol
“To’ydan oldin nog’ora chalmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Podadan oldin chang chiqarmoq - shoshilmoq)
2-savol
“Yerga kirib ketmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Boshini xam qilmoq, obro’si bir pul bo’lmoq - uyalib qolmoq)
3-savol
“O’pkasi yo’q” iborasining antonimini toping va izohlang. (O’pkasi yo’q-hovliqma, shoshqaloq; antonimi - dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaslik-beparvo, beg’am)
4-savol
“O’z yog’iga o’zi qovrilmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Ichini it tirnamoq, yurak-bag’ri ezilmoq, o’z etini o’zi yemoq - iztirob)
V. Xulosalash.
Mana, sinonim va antonim so’zlar, ularning yuzaga kelishi, badiiy asarlarda qo’llanishi, ibora va qo’shimcha shakllarda ham bu hodisaning kuzatilishini ko’rib chiqdik. Doimo bugungidek barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiring. Murakkablikdan qo’rqmang, oldinga qarab intiling. Vatan ravnaqi siz yoshlarga bog’liq. Buyuk mutafakkir A.Navoiy ta’kidlaganidek:
Yo’l yomon-u yaxshisidan chekma g’am,
Bismilloh degin-u, qo’ygil qadam.
VI. Baholash.
O’quvchi-talabalar baholanadi va baholar izohlab berilada. Eng faol qatnashgan o’quvchi-talabadan uchtasi rag’batlantiriladi (sovg’a tariqasida ruchka yoki kitob taqdim etish ham mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |