1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


-mashq. O’qing, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning paronim juftini toping. 1. Aravadagi bir necha bog’ beda ustida o’lgan otning abzallari


Download 451.5 Kb.
bet32/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

26-mashq.
O’qing, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning paronim juftini toping.
1. Aravadagi bir necha bog’ beda ustida o’lgan otning abzallari yotar edi.
(A. Qahhor) 2. Ablaq yomon ot bo’ladi va uning yaxshi qilig’i kam bo’ladi. (“Qobusnoma”) 3. Alisher choponiga ola-bula yamoq solingan, adinlari so’kilgan, bosh yalang va oyoq yalang darveshni ham ko’rdi. (Oybek) 4. Otabek Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini birinchi bilar edi. (A. Qodiriy) 5. Otalik hissining bebaho, laziz, to’lqinlari ichra g’arq bo’lib ketdim. (G’. G’ulom) 6. Navoiy uch-to’rt yoshidan boshlab jiddiy, go’zal she’rlar yoza olgan. (Oybek) 7. Qo’ying, boy aka, urish yaxshi emas, deb boyning qo’lini tutdi. (S. Ayniy)


27-mashq.
Nuqtalar o’rniga sinonim so’zlardan mosini qo’yib ko’chiring. 1. Uning hamisha naq olmadek qizarib turadigan yumaloq …lari (bet, avt, bashara, yuz, jamol, oraz, ruxsor) oqarib ketgan edi. (Sh. Rashidov) 2. Yormatning eshigi har vaqtdagi … (kabi, singari, yanglig’, o’xshash) yopiq. (Oybek) 3. … (kuchli, baquvvat, zabardast) shamol ko’tarilib, bog’chadagi har narsani to’rt tarafga buka boshladi. (A. Qodiriy) 4. Nizomjon muhabbat bilan … (vijdon, nomus) o’tida qovurilardi. (S. Ahmad) 5. Qora qumg’on bilan cho’pon bolani … (zavq, maroq, shavq) bilan rasmga oldi Nodira. (Oybek)


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. So’z tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?

  2. Ko’p ma’noli so’zlarni topish uchun qaysi manbaga murojaat qilamiz?

  3. Nutqning to’g’riligiga erishish nima bilan bog’liq?

  4. Nutqning aniqligini ta’minlovchi vositalarni ayting.

  5. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz?

  6. Nutqning ta’sirchanligini oshirish uchun nimalarga e’tibor beriladi?



Adabiyotlar:

  1. Каримов И. Юксак маьнавият – енгилмас куч. Тошкент, “Маьнавият”, 2008.

  2. Abdurahmonov G’. Rustamov H. Ona tili. 11-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi” 2004.

  3. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1974.

  4. Маьрупов З. Пароним сўзларнинг изоҳли луғати. Тошкент,“Ўкитувчи”, 1974.

  5. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.

  6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Тошкент, 2006-2008.




Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling