1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika
Download 233.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Turizm bo\'yicha mavzular
4. Ziyorat turizmi
Ziyorat turizmi boshqa turizm segmentlaridan farq qiladi. Turizmning bu shakli o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ziyorat turizmi ko‘pincha "diniy turizm", "ma’naviy turizm" deb ham yurtiladi. Ziyorat turizmi yangi tushuncha bo‘lib, jismoniy (fiziologik) emas, eng avvalo "ma’naviy rekreatsiya"ni o‘zida aks ettiradi va amalda ichki turizmni o‘rganishda foydalaniladi. Ziyorat turizmi respublikada barqaror turizmni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, milliy goya va birdamlikni shakllantirish va mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston xududida turli konfessiyalar - islom, xristianlik (pravoslaviya va katolitsizm), iudaizm, buddizm, zaroastrizmning rivojlanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq yodgorliklar va tarixiy joylar mavjud. Bu esa ziyorat turizmini rivojlantirish uchun jiddiy asosdir. Noyob muqaddas joylar, sig‘inish ob’ektlari, diniy va me’moriy yodgorliklar joylashgan mamlakatlarda allaqachon ziyorat turizmi bircha turistik tushumlarning katta qismini tashkil qiladi. Islom va xristianlik dinlari markazi hisoblanadigan Saudiya Arabistoni va Isroil barchaga yaxshi ma’lum. Saudiya Arabistoniga har yili Haj saffariga 3-4 mln., yil davomida umra ziyoratiga dunyoning barcha mamlakatlaridan bir necha o‘n mln. kishi boradi. Isroilga ham har yili 10 mln.dan ziyod ziyoratchilar tashrif buyuradi. Samarqand shahri yaqinida dafn qilingan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning nomi butun islom olamida mashhur. Haj safariga chiqishdan oldin Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish, u yerda bunyod qilingan memorial majmua bilan tanishish har bir musulmon kishi tomonidan odat tusiga kirib qolgan. Bu yerda kecha yu kunduz chet ellik va milliy turistlarning tashrifi to‘xtamaydi. Ziyorat qilish eng qadimgi sayohat turizmidan biri bo‘lib, ma’naviy asosga ega. Ziyorat muqaddas joylarga sayohat qilishdir. Rus tilidagi "polomnik" so‘zi lotincha "dunyoni kezib yuruvchi dindor" degan ma’noni beradi. "Ziyorat (arabcha "Ziyara") so‘zidan olingan bo‘lib "tomosha qilish", "ko‘rishga borish (kelish)" ma’nolarini bildiradi. Musulmonlarda "ziyorat" - bu odatda muqaddas joylarga tashrif buyurishdir. Ziyorat diniy rasm-rusumlarni bajarish uchun insonning turli muqaddas makonlar bo‘ylab sayohatidir. U kishining doimiy yashab turgan manzilidan uzoqlashgan holda diniy yoki dunyoviy mukaddas joylarga ziyorat qilishini nazarda tutadi. Ziyoratning tashqi shakli ziyorat turizmining asosi sifatida xizmat qiladi. Chunki tashqi ziyorat jarayonida ziyoratchilar muqaddas joylarni ziyorat qilish maqsadida safarga chiqadilar. Ziyoratning bu shakli odamlarni ma’naviy va jismoniy kamolotiga erishishiga ko‘maklashadi. Ziyorat shartli ravishda ikki diniy va dunyoviy qismlarga ajratish mumkin. Birinchisi iloxiy qadriyatlarga asoslansa, ikkinchisi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Diniy ziyorat va o‘z navbatida islom, buddaviylik, xristianlik, iduaizmga xos bo‘lgan diniy e’tiqodlarga bo‘linadi. Agar diniy ziyorat muqaddas narsa va joylarga ibodat qilishni bildirsa, dunyoviy ziyorat tabiiy va hayotiy narsalar hamda muqaddas joylarga borish va ularni qadrlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoviy ziyorat komil inson tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sayru sayoxatdir. "Xotira va qadrlash kunida "Motamsaro ona" haykaliga gulchambar qo‘yish, Toshkentdagi qurbonlarga bag‘ishlangan "Shahidlar xotirasi majmuasi"ni ziyorat qilish, Samarqandda Amir Temur qabrini ziyorat qilish, "Ko’hna va boqiy Buxoro madaniy markazi"ga tashrifni dunyoviy ziyoratga kiritish mumkin. Ziyorat turizmining ijtimoiy va an’anaviy ahamiyati katta. Muqaddas joylarga borish industrial jamiyat kishisini ruhiy kechinmalari bilan dialogga kirishish imkoniyatini beradi. Ziyorat turizmi oilalarni birlashtirishga qulay sharoit yaratadi, ijtimoiy jihatdan o‘sishga, insoniy birdamlik, birodarlikni rivojlantirishda, insonni shaxs sifatida tiklashga yordam beradi. Sinfiy va irqiy tabaqalanishni qisqartirishga, mavjud xatarlarning yo‘qotilishiga olib keladi. Shunday qilib, ziyorat turizmi ma’naviy qadriyatlarning rivojlanishiga olib keladi, nafaqat jismoniy (fiziologik) rekreatsion omil, balki shu bilan birga, shaxsning qadr- qimmati rivojlanishi omili sifatida hisobga olinishi lozim. Shuning uchun ham ziyorat turizmining ahamiyati va ko‘lami bundan keyin ham eng rivojlangan turizm segmentlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Qadimda, hali zamonaviy transport va kommunikatsiya vositalari yo‘q davrlarda Shohi Zinda maqbaralar nekropol majmuasiga dafn etilgan Qusam ibn Abbos mozorini ziyorat qilish odat bo‘lgan. Bu majmua hozir ham ziyoratchilar bilan gavjum. Shuningdek, Samarqandda Xoja Doniyor qabri, Hazrati Xizr muqaddas joylardan hisoblanadi.ti Buxoroda Chashmai Ayub, Mir Arab, Masjidi Kalon, Bahouddin Naqshband kabi aziz avliyolar qabri joylashgan memorial ansambllar, Surxondaryo viloyatidagi Xakim at-Termiziy, Iso at- Termiziy qabrlari ustiga qurilgan majmualar ana shunday muqaddas qadamjolardan sanaladi. Muqaddas joylarni ziyorat kilish uchun kelganlar faqatgina aziz avliyolar qabrini ziyorat qilish bilan cheklanmaydilar, albatta. Ular shaharlarning boshqa diqqatga sazovor tarixiy, madaniy ob’ektlari, me’moriy obidalarini borib ko‘radilar. Mahalliy aholi turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari, o‘lmas qadriyatlari bilan, zamonaviy hayoti bilan ham tanishadilar. Shahar va shaharlararo transport, hamda kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Milliy tansiq taomlardan tanovul qilib, har xil suvenirlar, milliy liboslar xarid qiladilar. Demak, ziyorat turizmining iqtisodiy moliyaviy ahamiyati ham katta, Ziyorat turizmini boshqa turizm shakllaridan ajratish ancha qiyin masala. Chunki sof ziyorat maqsadida tashrif buyuruvchilar bor. Shu maqsadda, kelib- ketuvchilar orasida Birlashgan Arab Amirligi, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Indoneziya, Eron, Pokiston va Turkiya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy turistlar ishbilarmonlik, xizmat safari, mamlakat tarixi, iqtisodiyot, madaniyatga qiziquvchilar, kongress bo‘yicha tashrifchilar orasida ham diniy ob’ektlar - masjidlar, madrasalar, sag‘ana va maqbaralarni borib ko‘ruvchilar ham kam emas. Toshkent shahriga tashrif buyuruvchilarning ko‘pchiligi Xastimom (Xazrati Imom) majmuasini ziyorat qilmasdan ketmaydi. To’g‘ri, sof ziyorat maqsadida tashrif buyuruvchilar asosan katta yoshdagi o‘ziga to‘q, hisob-kitob bilan ish yuritadigan kishilardir. Ular ortiqcha xarajatlarni hush ko‘rmaydi. Tungi klublar, diskoteka va ko‘ngilochar joylarga bormaydi. Bu - tabiiy. Lekin bu ziyorat turizmi kam daromadli soha degani emas, albatta. Ziyorat turizmida juda katta ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy samaralardan tashqari, hayriya, xadya kabi moliyaviy resurslar ham borki, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish sarflangan iqtisodiy sarf-xarajatlarni qoplaydi. Buning ustiga chet ellik ziyoratchi turistga yuqorida qayd etilgan xizmatlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan barcha xarajatlar tekinga emas. Keyingi yillarda O‘zbekistonda ziyorat turizmini umumiy turizmning bir tarmog‘i sifatida rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, infratuzulmasini shakllantirish, sohani o‘rta maxsus va oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling