1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

3. «Turizm - tabiat» munosabatlari
Turizm va atrof muhit munosabatlari uchta aspekt bo‘yicha harakterlanadi:
- atrof-muhit ob’ektlari (tabiat, iktim va boshqalar). Ular birinchi navbatda
turistlarni o‘ziga tortadi;
- turizm ob’ektlari infratuzulma. Ular sun’iy va muhitning tarkibiy qismi
bo‘lib, turistlar foydalanadigan (mehmonxona, muzeylar, aeraportlar, dengiz


govailari, transport, tarixiy madaniy yodgorliklar, ko‘ngil ochar markazlar)
va ob’ektlarni o‘z ichiga oladi.
- turizmning rivojlanishi va turistik maqsadlarda hududdan foydalanish atrof
muhitga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish jarayonlari masalasi har


8-Mavzu: Turizm industriyasi iktisodiy samaradorligini oshirishning yangi
yo‘nalishlari
Reja:
1. O’zbek turizm modeli.
2. Yangi turistik xizmatlarni yaratish.
3. Erkin iqtisodiy turistik zonalar.
4. Turistik marshrutlar marketingi.
1. O‘zbek turizm modelini shakllantirish
Turizm sektori rivojlangan mamlakatlarda o‘ziga xos va o‘ziga mos milliy
turistik modellar shakllangan. Bugun turizmning "ispan", "turk", "arab", "nemis",
"fransuz", "britan" va bir qancha boshqa modellari haqida gapirish mumkin.
Boshqa mamlakatlar qatori O’zbekistonda xam keyingi yillarda turizmni
rivojlantirish bilan bog’liq masalalarga katta e’tibor qaratilib, mamlakatning
turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari izlanmoqda. O‘zbekiston turizm
industriyasini rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Boy tarixiy, madaniy
va ma’naviy meros, mehmondo‘st xalq va uning urf-odatlari, an’analari, to‘rt fasl,
o‘ziga xos tabiat, ko‘rkam landshaft, shirin-shakar mevalar xalqaro va ichki
turizmni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Turizm infratuzilmasi, sohaga
oid huquqiy-me’yoriy asoslar va barchaga baravar "o’yin qoidalari" jadal
yaratilmokda.
Shakllangan milliy turizm modelining mazmun-mohiyati o‘sha
Mamlakatning tabiiy geografik joylashuvi sharoitlari, va tarixiy va madaniy
yodgorliklari, xalqining mentaliteti, me’yoriy xuquqiy asoslarning yaratilganligi,
infratuzilma ob’ektlarining rivojlanish darajasi va boshqa omillar va
xususiyatlardan kelib chiqadi. Masalan, Misrga tashrif buyurgan turist nafaqat
cho‘milish, oftobda toblanib hordiq chiqarish, balki shu bilan birga ehromlar va
muzeylarni tomosha qilishdan, ularga ko‘rsatiladigan sifatli xizmatdan ham
bahramand bo‘ladilar.
Kichik va karlik orol-mamlakatlarda turizm sohasining yuqori iqtisodiy va
moliyaviy ko‘rsatkichlari ularda turizmga muqobil bo‘ladigan boshqa sohalarning


amalda yo‘qligi bilan izohlanadi. Bugun turistik oqim yangi-yangi hududlarga
ko‘chmoqda, turistik xizmatning yangi turlari paydo bo‘lmoqda, issiq iqlimli, suv
havzalariga ega, hordiq chiqarish uchun yuqori sifatli servisga ega yurtlarning
ahamiyati oshmoqda. Turistik xizmatlarni axborotlashtirish raqamli iqtisodiyotdan
foydalanish imkoniyatlari ham har qachongidan dolzarb bo‘lib bormoqda. Milliy
turistik modelni shakllantirishda xuddi ana shu shart sharoitlar, omillar va
imkoniyatlarni hisobga olish zarur.
"Turizm milliy modeli" tushunchasi sohada kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy-huquqiy jarayonlarni tavsiflash, milliy turizmning boshqa
mamlakatlardagi turizmdan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib
berishga yordam beradi.
"Milliy turizm modeli" tushunchasining mohiyati nimada va uni qanday
qilib aniqlash mumkin? Albatta, bu borada yagona o’lchov, mezon yoki
ko‘rsatkich yo‘q. Bir tomondan, turizm modeli sohada yuz berayotgan hodisalar va
jarayonlarning kishilar tomonidan qabul qilinishidir. Bu o‘z navbatida, turizm
mahsulotlarining barcha bosqichlarda (tarmoq, soha) harakatlanishi, turizm
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy)ni
aniqlash hamda kuzatish imkonini beradi.
Boshqa tomondan, bu tushuncha iqtisodiy jarayonga turizmning barcha
resurslari (korxona, kishilar, tabiat, davlat mexanizmi, diqqatga sazovor joylar)ni
jalb qilishni bildiradi.
So’zsiz, har bir mamlakat o‘zining tabiiy geografik, tarixiy, milliy
xususiyatlariga va an’analariga ega. Bu xususiyatlarning belgilari va omillari
quyidagilar:
1. Bir necha ming yillik tarixga ega mamlakatlar (Misr, Iroq, Xitoy, Hindiston,
O’zbekiston) sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan boy tarixiy va madaniy
merosga ega. Ammo yosh mamlakatlar ham turistlar uchun qiziqarli tarzda
o‘z tarixini ko‘rsatib bera olishi mumkin. Buning hammasi turmahsulotlarni
qanday qilib jozibador shakllarda ko‘rsatib berish san’tiga bog‘liq. Milliy
meros - turistlarni o‘ziga jalb qila oladigan muhim omillardan biridir.


O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shaxrisabz kabi noyob
shaharlar, xalqning ming yillar davomida shakllangan o‘ziga xos mentaliteti,
madaniyati, urf-odat va an’analari bor. G‘arbdagi individualizmdan farqli
o‘laroq bu yerdagi jamoaviylik ruhi, uning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri
mahalla tizimi chet ellik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
2. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli, turizm industriyasini rivojlantirishning
muhim omillaridan biridir. Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga
xizmat qiladigan ragbatlantiruvchi imtiyozli soliqlar, kreditlar, ichki va chet
el investitsiyalari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Turizmga to‘g‘ridan
to‘g‘ri va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan infratuzilma (yo‘llar, energetika,
kommunikatsiya) yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Yaratilgan qulay
iqtisodiy shart-sharoitlar sohada turizmning xususiy sektorini rivojlantirish
imkoniyatini bermoqda. Boshqa sohalarda bo‘lganidek, turizm tizimida ham
institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
3. Mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyat turizmni rivojlantirishning o‘ta
muhim omillaridan biridir. Siyosiy barqarorlik, urushlar bu omilning
naqadar ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Siyosiy, iqtisodiy va tabiiy-
ekologik beqarorlik hukm surgan joylarga turistlar oyog‘i bilan javob beradi,
ya’ni bunday yurtlarga tashriflardan o‘zini tiyadi.
4. Ekologik, mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini xam turizmni
rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyos. Nafaqat o’rmonlar, tog‘lar, suv
havzalari, landshaftlar, boy flora va fauna turistlarni o‘ziga tortadi. Garchi
bu omillarning ahamiyatini pasaytirib bo‘lmasada, jahonda saxrolar, qorli
tog‘lar, tekisliklar, inson oyog’i yetmagan dunyoning chekka joylariga
sayohat uyushtirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va amal
qiladi. Shuning uchun ham xuddi shu qum va qorlardan iborat mamlakatlar
ham turizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Hammasi davlatning xohish
istagi va harakatiga, turistlar va investitsiya jalb qilish siyosatiga bog‘liq.
Demak, O‘zbekistonda turizmning rivojlanish milliy modelini quyidagicha
yo‘nalishlarda xarakterlash mumkin:


Birinchidan, sharqona mehmondo‘stlik, ochiq ko‘ngillik. xurmat, qadrlash va
xavfsizlik. O‘zbeklar qadimdan mexmonsevar xalq. Uyning eng ko‘rkam
xonalaridan biri mehmonxonaga ajratiladi, tansiq mevalar, qand qurslar mehmonga
atab saqlab qo‘yiladi, eng yaxshi narsalar mehmonga taklif qilinadi. Bu yerda
ksenofobiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi immunitet yaratilgan. Mehmon
kelishidan va unga xizmat qilishdan kattayu kichik barcha xonadon ahli xursand,
go’yo bayramdagidek. "Xonadon egalari ikki marta xursand bo‘ladi, bir marta
mehmon kelganda, ikkinchi bora mehmon ketganda" degan hazil aralash naql ham
shu yerga xos. Bu odatlar asrdan asrga, avloddan-avlodga o‘tib mentalitet
darajasiga ko‘tarilgan.
Ikkinchidan, G‘arb tipidagi xizmat ko‘rsatish standartlari ko‘p yulduzli
mehmonxonalar, yuqori sifatli transport va aloqa xizmati, internet, ekskursiya,
sinxron tarjima, AKT vositalari va malakali kadrlarning mavjudligi.
Uchinchidan, milliy turmahsulotlarning mahalliy jamoalar (mahalla) omilidan
foydalangan holda turistlarga taqdim etilishi. Bu omil milliy turmahsulotga alohida
kalorit bag‘ishlaydi. Xuddi ana shu mahallalar xalqimiz an’analari, turmush va
ishlab chiqarish madaniyati, kishilarning hayot tarzi hamda psixologiyasi bilan
tanishish markazi bo‘lib xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston turizm modelining yana bir e’tiborli xususiyati
shundaki, bu yerda noiqtisodiy omillarning ahamiyati yuqori. Bu omillarni boshqa
yurtlarda uchratish qiyin. Bu kishilarning turmush tarzi va psixologiyasi, dini va
fe’l atvori, falsafasi, dunyoqarashi. Bu xususiyatlar bir etnos (millat)ni
boshqalardan yorqin bo‘yoqlarda ajratib turadi. Bu kabi noiqtisodiy omillar chet
ellik turistlarning turmahsulotga qiziqishini u yoki bu belgilaydi. Chunki turistlar
mamlakatta bozor islohotlari, iqtisodiy vaziyat nuqtai nazaridan emas, balki tarixiy
va tabiiy ob’ektlar, boy tarix va madaniyat, xalqning turmush tarzi, ekzotikasi bilan
tanishish maqsadida ko‘proq tashrif buyuradilar.
Beshinchidan, O’zbek turmahsulotining muhim qismlaridan biri sifatida ziyorat
turizmi segmentining ahamiyati yuqori. Bu jihatda o‘lkamiz boy resurslarga ega.
Buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Iyso Termiziylardan tashqari Islom ilmi va


madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan yuzlab yirik aziz avliyolar, allomalarning
qabrlari hamda qadamjolari bor. Boshqa din va mazhablarga oid yodgorliklar ham
asrab avaylab saqlab kelinmoqda.
Oltinchidan, mamlakatimizda ekologik, ekstremal (Orolbuyi, Kizilkum) va
landshaft turizmini rivojlantirish imkoniyatlari xam cheksiz.
Milliy turizm modeli qotib qolgan statik tushuncha emas. U doimo yangi
unsurlar, dolzarb yo‘nalishlar bilan boyib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga o‘z
hissasini oshirib boradi.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling